Tayanch-trofik to'qima tuzilishi Reja: Zich biriktiruvchi to'qima. Plastinkasimon retikulyar yog to'qimalari. Togay to'qimasi, rivojlanishi va regeneratsiyasi. Suyak to'qimasi, gistogenezi, uning mezenximadan rivojlanishi. Togaydan suyak to'qimasining rivojlanishi. 1. Umurtkali hayvonlarning tayanch to'qimalari o'z komponentlari bilan siyrak biriktiruvchi to'qimalardan farq kilmaydi. Ularning asosiy hujayra elementlari xam fibroblastlardir. Zich biriktiruvchi to'qima tarkibida mexanik elementlari kupligi bilan farq qiladi. Ularning tolalari zich joylashgan bo'ladi, demak, to'qima mustahkamligini ta'minlaydi. Zich biriktiruvchi to'qima kollagen tolachalarining joylashishiga ko'ra shakllanmagan zich biriktiruvchi to'qima va shakllangan zich biriktiruvchi to'qimaga bulinadi. to'qimaning bu turini shakllanmagan deyilishiga sabab kollagen tolachalar tutamlarining tartibsiz joylashgan bo'lishidir. Bu to'qimaga terining tur kavati , bugimlar va ichki organlar ustini koplab turuvchi kapsula to'qimalari kiradi. Ayrim vaqtlarda shakllanmagan va shakllangan biriktiruvchi to'qimalarni bir-biridan ajratish qiyin. Shakllanmagan zich biriktiruvchi to'qima organizmda asosan mexanik vazifani bajaradi. Shakllangan zich biriktiruvchi to'qima - bu to'qimani ajratib turuvchi asosiy farq unda kollagen va elastik tolalardan tashkil topgan tutamlar bir-biriga nisbatan muayyan tartibda joylashgan bo'lishidir. Shakllangan zich biriktiruvchi to'qima paylar va boylamlarda, fibrioz membrana (plastinka) va plastinkasimon biriktiruvchi to'qimalarda uchraydi. Paylar. Odamda va sut emizuvchi hayvonlarda tayanch va harakat organlariga kiruvchi paylarda kollagen tolalar tutamlari bir-biriga nisbatan zich, parallel joylashgan. Boylamlar. Shakllangan zich biriktiruvchi to'qimalarda yana biri boylam to'qimalaridir. Fibroz membrana (plastinka)ga fastsiya, aponevrozlar, diafragmaning payli qismlari, ichki organlar kapsulalari, togay va suyak ustki pardasi, moyak va tuxumdonning oqsil pardasi kiradi. Plastinkasimon biriktiruvchi to'qima fibroz membrananing bir turi bo'lib, ayrim ichki organlar devorida yoki ularning ustki qatlamida uchraydi. Plastinkasimon biriktiruvchi to'qimani mikroskopda kurilganda kuprok uzunasiga, ayrim organlarda kundalang yoki tartibsiz joylashgan kollagen ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.68 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.68 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:24 ]
Arxiv ichida: doc