Tayanch-harakat sistemasi Reja: Tayanch harakat sistemasining ahamiyati. Suyaklarning kimyoviy tarkibi. Suyak hujayralari. Odam skeletining tuzilishi. Bosh va gavda skeleti. Tayanch harakat sistemasining ahamiyati. Suyaklarning kimyoviy tarkibi. Suyak hujayralari. Tayanch-harakat sistemasi tananing shaklini belgilaydi va quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Tayanch funksiyasi - bu faoliyat suyaklarning mushaklar bilan birga mustahkam sinch hosil qilishi hamda qad-qomatni belgilashi bilan ifodalanadi. 2. Skelet suyaklari organlarni jarohatlanishdan himoya qiladi: bosh miya - miya qutisi, orqa miya esa umurtqa pog'onasi bilan himoyalangan. Ko'krak qafasi yurak, o'pkalar, nafas yo'llari, qizilo'ngach va yirik qon tomirlarni himoya qiladi. 3. Suyaklarda qon yaratuvchi a'zo qizil ilik joylashgan. 4. Suyaklar mineral tuzlarning deposi hisoblanadi. Ko'pchilik suyaklar bir-biri bilan harakatchan bo'g'im hosil qilib birikadi. Mushaklar esa bir uchi bilan suyakka, ikkinchi uchi bilan esa boshqa suyakka birikib, suyaklarni harakatga keltiradi. Suyaklarning kimyoviy tarkibi. Suyaklarning kimyoviy tarkibining 13 qismini organik moddalar - ossein oqsili va 23 qismini anorganik moddalar tashkil qiladi. Ossein oqsili-kollagen tolalarni hosil qiladi, osseinni suyak hujayralari - osteoblastlar ishlab chiqaradi. Suyaklarning anorganik moddasi asosan Ca2(PO4)3 - (60%) va CaCO3 - (5,9%) tuzlaridan iborat. Agar suyakni HCl kislotasining 10%li eritmasiga bir kecha-kunduzga solib qo'yilsa, tuzlar erib ketadi. Bunday suyaklar egiluvchan bo'lib qoladi va uni hatto tugun qilib tugish mumkin. Agar suyak yoqilsa, uning organik moddasi yonib ketadi va faqat tuzlar qoladi. Organik moddalar suyakka qayishqoqlik beradi. Anorganik moddalar esa suyakka qattiqlik beradi. Suyaklar odamning yetuklik davrida (20-40 yosh) ayniqsa pishiq bo'ladi. Yosh o'tgan sayin suyakning organik moddasi kamayib, mineral tuzlar ortib ketadi. Shuning uchun qari odamlarning suyagi mo'rt bo'ladi. suyak to'qimasidagi organik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
504.77 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
504.77 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:24 ]
Arxiv ichida: docx