Tayanch harakat tizimi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: 1. Skelet va uning qismlari 2. Suyaklarning kimyoviy tarkibi va birikishi. 3. Suyaklarning o'sishi va rivojlanishi. 4. Muskullar va ularning yoshga bog'liq xususiyatlari. 5. Bolalarda tayanch- harakat tizimi faoliyatining buzilishi. 6. Sinf jihozlariga qo'yiladigan gigiyenik talablar. Skelet suyaklarining tuzilishi va kimyoviy tarkibi Skelet-muskul tizimi tayanch-harakat apparatini tashkil qiladi, bu apparat tarkibiga skelet va suyaklar kiradi.Odamning tayanch-harakat tizimi deganda undagi skelet va skelet muskullaridan tashkil topgan majmua tushuniladi. Skelet tizimi butun bir tananing tayanchi bo'lib, ichki a'zolarni mexanik ta'sirlardan himoya qiladi. Ontogenez jarayonida skelet suyaklari rivojlanishining 3 ta bosqichi kuzatiladi: Pardali bog'lovchi - to'qimali Tog'ayli Suyakli Ushbu bosqichni deyarli barcha suyaklar o'tadi, bosh chanog'i to'plam suyaklari, yuz qismini suyaklari hamda o'mrov suyaklari bundan mustasno. Ular tog'ayli bosqichni o'tmaydilar. Suyak moddasi organik moddalardan (13), asosan osseindan va anorganik moddalardan (23), asosan kaltsiy tuzlaridan, ayniqsa, fosfor kislotali ishqordan (51%) tarkib topgan. Suyakning elastligi osseinga, mustahkamligi esa mineral tuzlarga bog'liq. Ular hamkorlikda suyaklarni mustahkam qiladi. Suyaklarning kimyoviy tarkibi yoshga bog'liq bo'lib, bolalarda suyaklarni o'ta elastik qiluvchi organik moddalar ko'p bo'ladi. Qari odamlarda organik moddalarning miqdori ancha kamayadi va bu suyaklarni yomon o'sishi va shikastlanishi uchun sharoit yaratadi. Suyak to'qimalariga osteotsitlar, osteoblastlar va osteoklastlar kiradi. Osteoblastlar - suyak hosil bo'ladigan zonalardagi o'suvchi hujayralardir, osteoklastlar esa suyakli moddalarni parchalanishini ta'minlaydi. Bular hamkorlikda faoliyat ko'rsatadi. Suyak biriktiruvchi to'qimalarning bir xili bo'lib, uzun o'simtali hujayralardan va tojsimon qattiq hujayra oralig'i moddasidan iborat. Suyak to'qimasi nervlar va qon tomirlari bilan ta'minlangan. Suyaklar sirtdan suyak pardasi bilan qoplangan. Suyak to'qimasi kaltsiy ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.34 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.34 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:24 ]
Arxiv ichida: doc