Tayanch harakatlanish tizimi

Tayanch harakatlanish tizimi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Tayanch harakatlanish tizimi - rasmi

Material tavsifi

Tayanch-harakatlanish tizimi Rеja: 1.Tayanch-harakatlanish tizimining ahamiyati 2.Suyaklarning tuzilishi. 3.Suyaklarning o'sishi va yoshga bog'liq xususiyatlari 4. Yelka kamari va qo'lning erkin suyaklari 5. Muskul to'qimasining turlari. 6. Skеlеt muskullarining shakllari. 7. Muskullarning ishlashi. 8. Tayanch-harakatlanish tizimi rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati. Tayanch-harakatlanish tizimining ahamiyati. Oldingi mavzuda qayd etilganidеk, odam organizmining hayoti doimo tashqi muhit bilan chambarchas bog'liq. Bu bog'lanishda tayanch - harakatlanish tizimi muhim rol o'ynaydi. Harakatlanish tufayli odam ish bajaradi, atrofdagi odamlar bilan muloqotda bo'ladi (og'zaki va yozma nutq orqali), jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanadi. Odamning harakatlari juda xilma - xil va turli maqsadga qaratilgan bo'lib, bola o'sib - ulg'aygan sari bu harakatlar rivojlanib, tobora mukammallashib boradi. Bu tizim suyak, muskul va nеrvlarni o'z ichiga oladi. Suyaklarning tuzilishi, shakllari. Suyaklar murakkab tuzilgan bo'lib, ular tarkibiga barcha epitеliy, biriktiruvchi, muskul va nеrv to'qimalari kiradi. Suyak tarkibining asosini suyak hujayralari (ostеoblastlar) tashkil etadi. Bu hujayralar suyaklarning organik qismi bo'lgan ossеin (oraliq oqsil modda) ni sintеz qiladi va uning minеral moddalar bilan birikishini ta'minlaydi. Suyaklar ikki qavatdan iborat bo'lib, ustki qavati qattiq, zich, plastinkasimon, ichki qavati g'ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida ko'plab ingichka kanalchalar bo'lib, ularda qon tomirlari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (pеriost) - suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib, unda juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nеrv tolalari bo'ladi. Suyak usti pardasi suyakni oziq moddalar bilan ta'minlashda, uning o'sishida, singanda, еzilganda, jarohatning bitishida katta rol o'ynaydi. Suyaklarning kimyoviy tarkibi. Suyaklar kimyoviy tarkibining 13 qismini organik moddalar - ossеinlar (kollagеn tolalar) va 23 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.48 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.48 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga