Teri - tanosil kasalliklari

Teri - tanosil kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Teri - tanosil kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Teri-tanosil kasalliklari O'rab oluvchi temiratki O'rab oluvchi temiratki - (Herpes Zoster) o'tkir kechuvchi virusli kasallik bo'lib terida nerv tolalari tarmoqlari yo'nalishi bo'ylab guruhlashgan pufakchali toshmalar toshishi bilan kechadigan kasallik. Etiologiya va epidemiologiya: Kasallikni filtrlanuvchi neyrotrop virus Varicella Zoster keltirib chiqaradi. Bu virus suvchechak kasalligini ham qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. Kasallikni yuzaga chiqaruvchi omillarga quyidagilar kiradi. Organizm qarshiligini pasaytiruvchi endogen va ekzogen sabablar: infeksiyalar sovuq qotish, somatik kasalliklar, fizik travmalar, intoksikatsiya, moddalar almashinuvi buzilishlari, nerv-psixik toliqishlar. Kasallik asosan kuz - bahor oylarida uchraydi. Barcha yoshda bo'lib, kichik yoshdagi bolalarda kam kuzatiladi. Klinika: Kasallikda klinik belgilarning paydo bo'lishi bolaligida boshidan o'tkazgan suvchechak latent virusining reaktiv natijasi bo'lib hisoblanadi. Ko'pchilik bemorlarda prodromal belgilar kuzatiladi: tana haroratining oshishi, umumiy holsizlik, bosh og'rig'i, zararlangan nerv tarmog'i bo'ylab nevralgiya achishish, teri qichishlari. Prodromal belgilari paydo bo'lgandan bir necha kun o'tgach, biroz shishgan va giperemiyalangan teri yuzasida zararlangan nerv tarmoqlari yo'nalishida birlamchi guruh-guruh joylashgan toshmalar teri va shilliq pardalarning barcha sohalarida paydo bo'lishi mumkin. Qovurg'alararo nervlar sohasida, uchlamchi nerv tarmoqlari yo'nalishlari bo'yicha, yuzda, boshda, qo'l - oyoqlarda va b. q. Toshmalar bir tomonlama bo'lib, g'uj-g'uj joylashgan, tarkibida ekssudat saqlagan vezikulalardan iborat. Pufakchalardagi ekssudat tezda xiralashib yiringchalarga aylanadi. Ularning yorilishidan eroziya va po'stchalar paydo bo'ladi. Toshmalar so'rilib o'rnida vaqtinchalik dog'lar qoladi. O'rab oluvchi temiratkining quyidagi klinik formalari bor: Yengil (abortiv) Bullyoz Gemorragik Gangrenoz Generalizatsiyalashgan Yengil (abortiv) Yengil (abortiv) Davolangandan keyin Bullyoz Bullyoz Gemorragik Generalizatsiyalashgan forma Bemorlarda chegaralangan shakldan disseminatsiyalashgan ko'rinishga o'tish mumkin. Bunda regionar limfa tugunlari kattalashuvi, og'riqli bo'lishi kuzatiladi. Generalizatsiyalashgan formasi, og'ir kasalliklari bor shaxslarda limfoma, limfoleykoz OITS va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.04 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.04 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga