Teri anatomiyasi Reja: Kirish Teri fiziologiyasi Morfologik elementlar Teri kasalliklarining kelib chiqish sabablari Qo'tir (scabies) Bitlash (pedikulyoz) Teri butun badanni qoplab turadi va muhim ahamiyatga ega bo'lib, barcha ichki a'zolar bilan chambarchas bog'langan hamda qator hayotiy vazifalarni bajaradi. Teri sathi katta odamlarda 1,5-2 m2 ni tashkil etadi. Uning og'irligi gavda og'irligining 16-18 % iga, teri osti yog' qavatisiz esa 5% iga teng. Og'iz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasi va qin sohasida teri to'g'ridan-to'g'ri shilliq pardalarga aylanadi. Teri xira tusda bo'lib, tomirlarning joylashishi hamda melanin pigmentining oz-ko'pligiga qarab, uning rang-tusi belgilanadi. Teri yuzasi odatda tekis emas, unda son-sanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar bo'lib, ular bir-biri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular ayniqsa yaqqol ko'rinib turadi. Barmoqlarning kaft yuzalarida teri egatchalari mar-kazga intiluvchi aylana shaklida joylashgan. Bu shakllar bar bir shaxsda o'ziga xos nAQSHni hosil qiladi. Shaxsni aniqlashda (daktilloskopiya) odatda shu nAQSHlarning izidan foydala-niladi. Terming ko'p qismi tuk bilan qoplangan. Og'iz lablari, tovon, kaftning ichki qismi, olat boshi, qin dahlizi, katta va kichik uyatli lablarning ichki sohalarida tuk (Jun) bo'lmaydi. Terida juda ko'p ter va yog' bezlari hamda ularning teshik-chalari joylashgan. Qo'l va oyoq barmoqlarining uchida tirnoq plastinkalari bor. TERI FIZIOLOGIYASI Teri va teri ortiqlari, asab tolalari, qon tomirlar va limfa sistemasi butun organizm hamda uning a'zolari bilan cham-barchas bog'langan. Teri tashqi muhitdan ta'sir qilgan (ekzo-gen) ta'sirotlarni sezibgina qolmay, balki organizmda joylash-gan barcha a'zolardagi patologik o'zgarishlarga ham o'z vaqtida javob reaksiyasi bilan belgi beradi. Teridagi katta salbiy o'zgarishlar esa, o'z navbatida, ichki a'zolar funksiyasining buzilishiga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.42 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.42 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:26 ]
Arxiv ichida: doc