Teri osti kletchatkasi Reja: Teri topografiyasi. Sochning tuzilishi Teri bezlari va boshqa tuzilmalari. Teri osti kletchatkasi yog' hujayralari, qon tomirlari, nerv va mushaklar, shuningdek kollagen tolalarining sayoz o'rilishlaridan tashkil topgan yumshoq birikuvchi to'qima hisoblanadi. Tolalar bog'lami ancha yupqa bo'lib, teri sirtiga deyarli parallel o'tadi. Teri osti kletchatkasi, teri bilan undan quyida yotgan hayvon tanasi organlarini epchillik bilan bog'lab, birikuvchi qavat rolini o'ynaydi. Ayniqsa, katta miqdordagi yog'li to'planmalarning jamlanishi unga xos xususiyatdir. Yog'li to'planmalar, yog' hujayralari ko'rinishida bo'lib, tolali tuzilmalar qavatlarining orasida joylashgan. Yog'li hujayralar miqdori, ularni jamlanish darajasi va joylanishi, hayvonning turi, uning boqilganligi va so'yish mavsumiga bog'liq. Teri osti kletchatkasida yog'ning to'planishi ko'proq dum asosida, kurak oralig'ida, chotlarda yuz beradi, semiz hayvonlarda esa, baquvvat yog' qavatini butun teri qoplami ostida kuzatish mumkin. Teri osti yog' qavati eng ko'p cho'chqa, hamda dengiz hayvonlarida rivojlangan, ularda u issiqlikni himoya qiluvchi qavat rolini o'ynaydi. Shu munosabat bilan teri osti kletchatkasini bazan teri osti yog' to'qimasi deb yuritiladi. Umuman teri osti kletchatkasining rivojlanish darajasi hayvonning turi va terining topografik qismlariga bog'liq. Ushbu qavat eng ko'p terining yopqich qismida, kamroq etak oldi qismlarida va nixoyat eng kam etak, bosh qism va oyoq qismlarida rivojlangan. Teri osti to'qimasida ko'ndalang yo'l-yo'l mushaklar joylashgan bo'lib, ular dermaning alohida qismlariga kirib, hayvon terisining harakatchanligini ta'minlaydi. Bunda teri tortiladi va burmalar hosil bo'ladi. Mushak tolalari eng ko'p orqa va yoqa sohasida, umurtqa chizig'ining ikkala tomonida rivojlangan. Ularni xom - ashyoda sinchiklab mezdralash yoki tayyorlov jarayonlarida o'z vaqtida bartaraf etish, terini to'liqroq tekislab yozish imkonini beradi. Teri va unga birlamchi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
152.38 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
152.38 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:26 ]
Arxiv ichida: doc