Terining pufakli kasalliklari Akantolitik pemfigus asosan 35-60 yoshdagi ayollarda uchraydi. Bunda uzgarmagan teri yuzasida pufaklarning paydo bo'lishi. Etiologiya va patogenez Po'rsildoq yaraning kelib chiqishini tushuntiruvchi bir necha nazariyalar mavjud : autoimmun virusli endokrin nevrogen moddalar almashinuvi buzilishi. Bemorlar qon zardobida kasallikning faol bo'lgan davrida, pufak suyuqligida va zararlangan terida epidermis tikansimon qavat hujayralari oralig'idagi desmosomalarga qarshi antitanachalar miqdorining yuqoriligi va bu antitanachalarning JgG sinfiga mansubligi aniqlangan. Autoimmun nazariya Virusli nazariya Pufak ichidagi suyuqlikni oq sichqon va quyonga shuningdek tovuq embrioniga yuborilsa, ularda pufak hosil bo'lishi, qon zardobi va pufak suyuqligida virusga o'xshash zarrachalar borligi aniqlangan. Nevrogen nazariya T.V. Nikolskiy kasallik asosida trofonevroz yotadi deb tushuntiradi. Bemorning orqa, bosh miya, hamda orqa miya gangliyalari hujayralarida degenerativ o'zgarishlar bo'lishi nevrogen nazariyaga kiradi. Turli xil ruhiy holat, emotsional hayajonlanish va nevrologik kasalliklar ham pemfigusga sabab bo'lishi mumkin. Modda almashinuvi buzilishi nazariyasi Bemorlarda oqsil uglevod va suv, minerallar almashinuvining buzilishi aniqlangan. Bunday bemorlar siydigida xloridlar miqdori kamaygan bo'lishi, ular organizmda ushlanib qoladi. Organizmdagi mineral moddalar almashinuvi buyrak usti bezining po'stloq qavatida ishlab chiqariladigan mineralokortikoidlar tomonidan nazorat qilinishi malum, shu sababli pemfigus bilan og'rigan bemorlarda faqat mineralokortikoidlargina emas, balki glyukokortikoidlar sintezi ham buzilib, ular juda kam miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham bunday bemorlarni steroidli gormonlar bilan davolash yaxshi natija beradi. Endokrin nazariya Pemfigus ko'pincha homiladorlik davrida ham kuzatiladi. Bu davr tugagach, kasallik yo'qolib ketadi. Pemfigusda endokrin bezlar faoliyatining buzulishi hollari qayd qilinadi. Kasallik kechishida barcha patologik o'zgarishlar terida epidermisning tikansimon qavatida gistologik akantolizisga olib keladi. Akantolizis bu epidermis tikanaksimon qavati hujayralari orasidagi desmosomalarning emirilishi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.23 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.23 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:26 ]
Arxiv ichida: pptx