Terining yiringli kasalliklari Reja: 1.Furunkul. Furunkulyoz. Karbonkul. 2.Gidrodenit. Abssess. Flegmona. Limfadenit. 3.Panaritsiy. 4.Flebit. Tromboflebit. 5.Osteomiyelit. Furunkul (chipqon). Terining soch xaltasini yiringli yallig'lanishidir. Sababi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, qashinish, tindalash, mayda jarohatlariga infeksiya kirishi. Chipqonni stafilakokk mikrobi qo'zg'atadi. Belgilari.Chipqon teridan salgina ko'tarilib turuvchi og'riqli infiltrat (bo'rtmacha) dan boshlanadi. Bo'rtmacha uchida qoramtir yoki sarg'ish nuqta bo'ladi. Keyinroq nuqta o'rnida oq rangli chipqonning o'zagi hosil bo'ladi. O'zak ko'chib tushgach, o'rnida yiring bilan to'lgan bo'shliq hosil bo'ladi. Chipqon yuz, bo'yin, dumba, sonning ichki yuzalariga chiqadi. Tibbiy yordam.1. Bemor poliklinikaning jarrohlik xonasida davolanadi. 2. Antibiotiklar: ampitsillin, gentamitsin va boshqalar. 3. Fizioterapevtik muolajalar: UVCH, kvars. 4. Agar so'rilmasa, tugunchani kesib, yiring tozalanadi. 5. Umumiy quvvatlovchi dori-darmonlar: Undevit, vitamin A. Izoh: Chipqonni siqish mumkin emas, bu infeksiyaning avj olishiga xavf tug'diradi. Furunkulyoz. Tananing turli sohalarida ko'plab chipqonlarning paydo bo'lishidir. Furunkulyoz odatda zaiflashgan odamda, ayniqsa, qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda paydo bo'ladi. Tibbiy yordam. Poliklinikaning jarrohi nazoratida uzoq vaqt davolanadi. Karbonkul (do'mbol). Furunkulni o'z vaqtida davolamaslik natijasida bir nechta soch xaltachalari va ular atrofidagi to'qimalarning yiringli yallig'lanishidir. Karbonkul immunitet xususiyati pasaygan odamlarda kuzatiladi. U ko'pincha bo'yinning orqa yuzasi, yelka, dumba, son sohalarida, ya'ni kiyimning ishqalanishi ko'proq bo'lgan joylarda paydo bo'ladi. Belgilari. Karbonkul kuchli og'riq, tana haroratining ko'tarilishi bilan kechadi. Kasallik bitta furunkul (chipqon) dan boshlanib, asta-sekin kattalashadi va ko'payadi.Tana harorati ko'tariladi, og'riq bo'ladi, ish qobiliyati pasayadi. Tibbiy yordam. 1.Bemor poliklinikaning jarrohi nazoratida davolanadi. 2.Og'riq kuchli bo'lsa analgin (baralgin) - 1ml muskul orasiga, yoki 1 tab. ichishga. 3. Furunkulga o'xshash tadbirlar. Gidradenit. Ter bezlari, ayniqsa qo'ltiq osti sohasidagi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.42 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.42 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:26 ]
Arxiv ichida: doc