Tayanch iboralar: kuyish. Termik kuyish. Kuydiruvchi modda. Ochiq olov Kuyish bosqichlari va darajalari. Koagulyatsion nekroz. Kollikvatsion nekroz. Qo'yish pufakchalari. Sekvestratsiya. Kimyoviy kuyish. Kislota ta'siri. Ishqor ta'siri. Sovuq urish. Sovqotish. Sovuq urish darajasi. 1. Kuyish (combustio) deb fizik agentlar - yuqori haroratli issiqlik, nurlar va elektr toki ta'sirida to'qimalarning mahalliy shikastlanishiga aytiladi (B.M. Olivkov). Yuqori haroratli issiqlik va kimyoviy moddalar ta'sirida teri, shilliq pardalar va chuqur joylashgan to'qimalarning buzilishi (M.V. Plaxotin). Kuyishlarning quyidagi turlari mavjud: termik, kimyoviy, termokimyoviy va nur ta'siri. Kuyishni chaqiruvchi sabablar: zich jismlar (qizigan metall), suyuqliklar (qaynoq suv), bug'simon moddalar (issiq suv bug'i), ochiq olov, issiq gazlar. Hayvonlar kuyishi yong'inda, qaynoq suv quyilganda, qizitilgan taqa bosilganda kuzatiladi. Harbiy harakatlar paytida kuyishlar soni ko'payadi. Termik kuyishlarning kechishi va asoratlari issiqlik darajasi va ta'sir etish muddati bilan bog'liq. Kimyoviy kuyishlar kuydiruvchi moddaning to'yinganlik darajasi va to'qimalarga singish qobiliyati bilan bog'liq. Kreybix bo'yicha kuyishlarning 5 darajasi kuzatiladi: 1. Qizarish. 2. Pufakchalar hosil bo'lishi. 3. Yuzaki nekroz. 4. Chuqur nekroz. 5. Yumshoq to'qimalarning to'liq nekrozi va kuyib ko'mirga aylanishi. Ammo bu xildagi tasniflanish keng tarqalmadi, chunki kuyishning birinchi soatlarida uning bosqichlari to'g'ri aniqlanmasdan davolash muolajalari xato bajarilishi natijasida to'qimalarda qaytarib bo'lmas o'zgarishlar kechadi. Shuni hisobga olib B.M.Olivkov kuyishlarni 4 bosqichga bo'ldi: 1. Qizarish yoki terining chegaralangan shishi. 2. Pufakchalar hosil bo'lishi yoki terining tarqalgan shishi. 3. Koagulyatsion nekroz. 4. To'qimalarning ko'mirga aylanishi. Plaxotin M.V. kuyishlarni 5 darajaga ajratadi: 1. Kuyishning birinchi darajasi aseptik yallig'lanish asosida kechadi. Achchiq og'riq, teri yuza qavatlarining shikastlanishi, qizarish va kichik shish paydo bo'lish belgilari kuzatiladi. Junlar ko'mirga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:26 ]
Arxiv ichida: doc