Tibbiy yordamning anatomik - fiziologik asoslari. Odam organizmining tuzilishi. Tayanch - harakatlanish tizimi Reja: 1.Odam anatomiyasi va fiziologiyasi haqida umumiy tushuncha. 2.Hujaryra. 3.To'qima. 4.A'zo va a'zolar tizimi. 5. Organizm va uning bir butunligi. Odam anatomiyasi fani odam organizmining shakli, tuzilishi, rivojlanish jarayonini o'rganadigan fan. Odam organizmi tuzilishi murakkabligi, mehnatga layoqatliligi bilan hayvonlar organizmi tuzilishidan tubdan farq qiladi. Anatomiya fani - chaqaloq tug'ilganidan boshlab, uning rivojlanishi va odam hayoti davomida tana tuzilishining o'zgarishlarini o'rganadi. Ona tanasida (bachadonida) rivojlanayotgan homila tanasi tuzilishi va o'zgarishlarini embriologiya fani o'rganadi. Odam fiziologiyasi fani odam organizmi hujayralari, to'qimalari, a'zolari, a'zolar tizimining hayotiy faoliyatini o'rganadi. Hujayra. Hujayra odam tanasining tuzilishi va funksional birligidir. Bino g'ishtlar yig'indisidan barpo qilinganidek, odam organizmi hujayralar to'plamidan tashkil topgan. Hujayrani o'rganuvchi fan sitologiya deyilib, uning ma'lumotlariga ko'ra odam organizmida taxminan 100 trilliondan ko'proq hujayralar bor. XVII asrning 60-yillarida Londondagi fiziklar jamiyatining a'zosi R.Guk (1635-1703) o'zi mukammallashtirgan mikroskop yordamida o'simlik hujayrasining tuzilishini birinchi bo'lib o'rgangan. Hujayraning tuzilishi. Mikroskop kashf etilishi, yanada mukammallashtirilgan elektron mikroskopning yaratilishi, hujayraning ilgari ma'lum bo'lmagan tarkibiy qismlarini o'rganishga imkon berdi. Hujayra shakli. Odam organizmi turli to'qima va a'zolaridagi hujayralarning shakli har xil bo'ladi: sharsimon, ovalsimon, kubsimon, yulduzsimon va hokazo. Ularning hajmi mikrometr bilan o'lchanib, 52-100 mikrondan bir necha yuz mikrometrgacha bo'lishi mumkin. Hujayraning tuzilishi. Hujayra uch qismdan tuzilgan: 1.Membrana. 2.Sitoplazma. 3.Yadro. Hujayraning membranasi uning ustini qoplab turivchi yupqa parda bo'lib, oqsil va lipid moddalardan tashkil topgan. Hujayra sitoplazmasi membrana ichida joylashgan. Sitoplazmaning tarkibiy qismi bo'lgan organoidlarga quyidagilar kiradi: ribosoma, mitoxondriya, lizosoma, Golji apparati, ichki membrana kiradi. Golji apparati to'rsimon ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.48 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.48 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:29 ]
Arxiv ichida: doc