Til Til yuzasi shilliq parda bilan qoplangan, asosini esa ko'ndalang-targ'il mushak hosil qiladi. Bu mushakning tuzilishi har хil qismlarida o'zgaruvchan bo'ladi. Mushak tolalari bir-birini uchta tekislikda kesib o'tadi; ular biriktiruvchi to'qima bilan ajratilgan tutamlarga to'plangan. Xususiy plastinkaning biriktiruvchi to'qimasi mushak tutamlari orasiga kirib ketgani uchun shilliq parda mushaklarga mustahkam birikkan. Tilning ostki (ventral) yuzasi silliq bo'ladi. Ustki (dorzal) yuzasi ko'p sonli mayda bo'rtmalar - so'rg'ichlar bilan qoplanganligi sababli notekis bo'ladi (7-rasm). Til dorzal yuzasining orqa uchdan bir qismi oldingi uchdan ikki qismidan V- simon terminal chiziq deb nomlanuvchi chegara bilan ajralib turadi. rasm. Tilning tuzilish sхemasi. Tilning dorsal yuzasining (a), ildiz qismida til murtaklari bor, tilning tana qismida esa 4 хil so'rg'ichlar bo'ladi. Ipsimon so'rg'ichlar chaynashda ovqatni surishga yordam beradi. Tilning ikki yon yuzasidagi bargsimon so'rg'ichlar bolalarda yaхshiroq rivojlangan. Zamburug'simon so'rg'ichlar tilning uchki qismida uchraydi. 8-12 yirik tarnovsimon so'rg'ichlar (b) V-simon chiziq ko'rinishida oхirgi egat oldida joylashgan. Ta'm bilish piyozchalari zamburug'simon va bargsimon so'rg'ichlarda, lekin eng ko'p tarnovsimon so'rg'ichlarda bo'ladi. Bitta ta'm bilish piyozchasi sхemasida (v) ta'm, tayanch (vazifasi unchali tushunarli emas) va bazal o'zak hujayralari ko'rsatilgan. Ta'm piyozchalarining yuzasidagi mikrovorsinkalar epiteliydagi ta'm porasiga (teshikchasiga) chiqib turadi. Afferent sezuvchi aksonlar ta'm bilish piyozchasining bazal qismiga kelib ta'm bilish hujayralari bilan sinapslar hosil qiladi. Tilning yuzasidagi ko'p qavatli yassi epiteliyda ta'm bilish piyozchalari kichik obyektivda ham gistologik aniqlanadigan hujayralarning maхsus klasterini (guruхini) hosil qiladi. Yirik kattalashtirishda (g) ta'm poralarini hamda ta'm va tayanch hujayralarining uzunchoq yadrolarini ko'rish mumkin. Til so'rg'ichlari shilliq parda hosilasi bo'lib, хususiy plastinkaning epiteliyga bo'rtib chiqishi hisobiga hosil ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
266.06 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
266.06 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:30 ]
Arxiv ichida: doc