Tishlar tuzilishi Reja: Dentin Sement Pulpa Periodont Anatomik jiхatdan tishlarda: koronka, bo'yin va ildiz qismlari farqlanadi. Gistologik jihatdan esa 4 ta qismdan iborat: emal, dentin, sement, pulpa. Tishlarning koronka yoki toj qismi emal bilan qoplangan, ildiz qismi esa sement bilan qoplangan, tishlar markazida pulpar bo'shliq bo'lib, u pulpa bilan to'lgan (10-11 rasmlar). Tish koronkasi - emal bilan qoplangan, chaynov bo'rtmalariga ega, anatomik va хirurgik koronka farqlanadi, yosh bolalarda va qari odamlarda mos kelmaydi. Tish ildizi -dentindan tashkil topgan, sement bilan qoplangan, konussimon shaklga ega, tish alveolasida joylashgan, uchlarida bir yoki bir nechta teshikchalari bo'lib, ularga qon tomirlari va nervlar kirib turadi. Tishlarning bo'yin qismi - emal bilan sement chegarasida joylashadi, bu yerda koronka ildizga o'tadi. Tishlarning tayanch apparati(periodont) - tishlarni tish alveolalariga bog'laydi. Uning tarkibiga: sement, periodont, tish alveolalarining devori, milk kiradi. Periodont bog'lamlari sementni tish alveolalari bilan bog'laydi, shuningdek milkka birikadi, milklarning epiteliysi tishlarning bo'yin sohasida tishlarning yuzalari bilan zich birikkan bo'ladi. rasm. Tish tuzilishi, I - koronka; II - bo'yin; II - ildiz. 1 - emal prizmalari, 2 - emal tutamlari, 3 - emal plastinkalari, 4 - emalning o'sish chiziqlari, 5 - dentinning radial kollagen tolalari, 6 - emal duklari, 7 - interglobulyar dentin, 8 - dentinning tangensial kollagen tolalari, 9 - emal, 10 - dentinoblastning (odontoblastlar) dentin o'siqchalari bilan dentin naychasi, 11 - milk, 12 - tomirlar, 13 - tish pulpasi, 14 - dentinning asosiy moddasi, 15 - pulpa nerv tolalarining terminal shoхlari, 16 - dentinoblastlar, 17 - dentin, 18 - periodont, 19 - tish alveolasi devori, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:31 ]
Arxiv ichida: doc