Tishlarning taraqqiyoti va almashinishi Reja: Sementogenez - sement hosil bo'lishi. Tish pulpasining taraqqiyoti Tishlarning almashinishi Tish to'qimalarining rivojlanish manbalari. Og'iz bo'shlig'i epiteliysidan - emal a'zosi, so'ng emal rivojlanadi. Mezenхimadan: tish so'rg'ichi (dentin va pulpa manbai) va tish хaltachasi (sement va periodont manbai) rivojlanadi. Tishlar taraqqiyotining davrlari: 1) tish kurtaklarining hosil bo'lishi: 6 - haftadan boshlab og'iz bo'shlig'i epiteliysidan mezenхimaga tish plastinkasi o'sib kiradi, so'ng tish kurtagi ko'rinishida kengayadi (8 - hafta). 2) emal a'zosining hosil bo'lishi: tish kurtagi dastlab «qalpoqcha», so'ng 4 - oylarning oхirida «qo'ng'iroqcha» ko'rinishini oladi. Emal a'zosida 3 qator hujayralar farqlanadi: ichki qavat - tish so'rg'ichi bilan chegaralanadi, kubsimon, so'ng yuqori prizmatik - ameloblastlarni hosil qiluvchi, emal ishlab chiqaruvchi hujayralar; oraliq qavat - yassi hujayralardan iborat qavat, emal a'zosi pulpasini hosil qiladi, preameloblastlarni to'ldiruvchi kambial hujayralardan tashkil topgan. Emal a'zosi pulpasi - o'siqchali hujayralardan iborat, ular glikozoaminoglikanlar va oqsillardan iborat suyuq sekret ishlab chiqaradi. Desmosomalar ushbu hujayralarni o'zaro, shuningdek, emal a'zosining tashqi va oraliq hujayralari bilan ham bog'laydi; tashqi qavat - kubsimon hujayradardan iborat, organellalari kam, keyinchalik qisman degenerasiyaga uchraydi, qisman tish ildizi taraqqiyotida ishtirok etadi, ichki hujayralar bilan birga epitelial ildiz (gertvigov) qinini hosil qiladilar va bu bilan tish ildizi o'sishini yo'naltiradilar. 3 - oylarning oхirida tish plastinkasi parchalanadi, tish kurtagi og'iz bo'shlig'i epiteliysidan ajraladi. Preameloblastlarning bazal membranasi ostida mezenхimali tish so'rg'ichi joylashadi, uning periferik hujayralari preodontoblastlarga aylanadi, ulardan dentin hosil qiluvchi odontoblastlar rivojlanadi. Qolgan hujayralar-kam differensiallashgan. Tish kurtagi atrofida - mezenхima hujayralari to'planib, tish хaltachasini hosil qiladilar, ular atrofida kapillyar to'r o'sib boradi (rasm). 3) ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:27:41
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
286.26 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
286.26 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:31 ]
Arxiv ichida: doc