tog'ay to'qimasi Tog'ay to'qimasi haqida Tog'ay to'qimasi hujayralardan va hujayralararo moddadan tuzilgan. hujayralararo modda tarkibida 70-80% suv, 10-15 % organik moddalar va 4-7% mineral tuzlar bor. Organik moddalar asosan oqsil, lipid, glikozaminoglikan va proteoglikandan iborat. izogen guruh To'p-to'p bo'lib joylashgan hujayralar umumiy bo'shliqda yotib bir dona boshlanich hujayralarning bo'linishidan hosil bo'ladi va izogen guruh deb ataladi. hujayrada bitta yoki ikkita yadrocha tutuvchi yumaloq yadro bo'ladi. Organellalari ko'p emas. xondrostitlar Xondroblastlarda endoplazmatik to'r yaxshi rivojlangan. Bu holat hujayraning yuqori sintetik faoliyatdan darak beradi. Bu hujayralar tog'ay to'qimasining periferiyasida tog'ay usti pardasining ostida yotadi. Xondroblastlar takomillashish natijasida xondrostitlarga aylanadi. perixondr Tog'ay ustida qon tomirlar kapillyarlariga boy bo'lgan biriktiruvchi to'qima - perixondr joylashgan. Tog'ay to'qimasining oziqlanishi regenerastiyasi ana shu perixondrga bog'liq. hujayralararo moddaning tuzilishiga qarab tog'ayning uch turi ma'lum: gialin (shishasimon) elastik (to'rsimon) tolali (kollagen tolali) Gialin tog'ay to'qimasi. Organizmda ko'p uchraydigan tog'aydir. U embrion skeletining ko'p qismini voyaga etgan organizmda esa qovurg'alarning to'sh suyagiga tutatish joyida havo o'tkazuvchi yo'llar devori bo'g'imlar yuzasini tashkil etadi. Xondrostitlar mitoz yo'li bilan bo'linadi. Hosil bo'lgan yangi hujayralar atrofida zich hujayralararo modda bo'lgani uchun ular bir-biridan uzoqlashmay izogen guruhlarni hosil qiladi. Hamma gialin tog'aylar ham bir xil tuzilishga ega emas, masalan bo'g'im yuzasidagi tog'ay perixondrga ega bo'lmaydi. Elastik tog'ay to'qimasi. Elastik tog'ay quloq suprasida hiqildoqda (shoxchasimon va ponasimon tog'aylarda) hiqildoq usti tog'ayida uchraydi. Ular sarg'ish ranglixira bo'ladi. hujayrasi yumaloq shaklga ega bo'lib, yakka-yakka yoki izogen gruppani hosil qilib joylashadi. hujayralararo moddada kollagen tolalar bilan bir qatorda elastik tolalar ham ko'p uchraydi. Bu elastik tolalar tog'ay usti pardasiga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:34 ]
Arxiv ichida: pptx