Toksoplazmoz Reja: Tarixiy ma'lumotlar Etiologiyasi. Epidemiologiyasi. Patogenezi. Klinikasi. Profilaktikasi. Toksoplazmoz bemorning asab tizimida yuz beradigan o'zgarishlar, gepatosplenomegaliya, limfodenopatiya, miokard va skelet mushaklarining zararlanishi bilan ta'riflanadigan kasalliklar. Tarixiy ma'lumotlar. Toksoplazmozni qo'zg'atadigan bir hujayrali parazitni 1908 yilda italyan olimi Splendore va fransuz olimi Sh. Nikol topdilar va uni Toxoplasma deb atadilar. 1930 yillarda D. N. Zasuxin va N. A. Gayskiy toksoplazmani kemiruvchi hayvonlarda bo'lishini aniqladilar. 1954 yildan boshlab, Ye. N. Pavlovskiy rahbarligida planli ravishda toksoplazmoz ustida tadqiqot ishlari olib borildi. Etiologiyasi. Toksoplazmozni qo'zg'atuvchi bir hujayrali Toxoplasma gandii protozoo xiliga mansub parazitdir. Bu toksoplazmaning shakli uning rivojlanish davriga qarab o'zgaradi. Uning tashqi ko'rinishi yarim oyga o'xshaydi, uzunligi 4-7 mmk, eni 2-4 mkm. U ikki qavatli parda bilan o'ralgan. Romanovskiy usuli bilan bo'yalganda protoplazmasi havo rangiga, yadrosi esa to'q qizil rangga bo'yaladi. Sudralib-sudralib harakat qiladi. Toksoplazma hujayra ichida yashaydi, mononuklear-fagotsitar tizimi hujayralarida uzunasiga bo'linib ko'payadi. U o'z ichidan urchish usuli bilan ham ko'payadi. Toksoplazma ko'paygach xo'jayin hujayralar emiriladi va tashqariga chiqqan yosh toksoplazmalar boshqa hujayralarga kiradi va yana ko'payishda davom etadi. Toksoplazmalar, mushuklar va mushuk avlodiga kiradigan boshqa mushuksimon hayvonlar ichagining epiteliya hujayralarida jinsiy yo'l bilan ham ko'payadi. Bu epiteliya hujayralarida toksoplazma ketma-ket bo'linib ko'payadi (shizogoniya) va merozoitlar paydo bo'ladi. Merozoitlar keyinchalik erkak jinsiy hujayralarga (mikrogametalar) va urg'ochi jinsiy hujayralarga (makrogametalar) aylanadilar. Mikrogameta va makrogametalar bir-biriga qo'shilish natijasida ootsista hosil bo'ladi. Ootsista pardaga o'ralgan bo'ladi va kattaligi 20-100 mkmni tashkil qiladi. Hayvonlar najasi bilan ootsistalar tashqariga chiqariladi va tashqi muhitda uzoq saqlanadi. Iliq harorat, namlik va kislorod bo'lgan sharoitda har bir ootsista ichida bir ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.19 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.19 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:35 ]
Arxiv ichida: doc