To'qima gormonlari

To'qima gormonlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
To'qima gormonlari - rasmi

Material tavsifi

To'qima gormonlari Ichki sekretsiya bezlari va uning funksiyalari Qalqonsimon bez yuksak gormonal aktivlikka ega bo'lgan yarim suyuq kolloid bilan to'la bez follikullaridan iborat. Follikullar devori bez epiteliysidan tuzilgan. Bez qon va limfa tomirlariga juda boy. Odamdagi qalqonsimon bez vazni o'rta hisobda 25-30 g yoki gavda vaznining 0,05 protsentini tashkil etadi, shunga qaramay bu bezdan soatiga 5-6 litr qon o'tadi, bu - organizmdagi qonning hammasi demakdir. Qalqonsimon bez gormonlari va ularning fiziologik ahamiyati Qalqonsimon bez to'qimasida yod bor, u mazkur bez gormonlarining tarkibiga kiradi. hayvon organizmiga radioaktiv yod (J131) yuborilsa, buning bir qismi buyraklar orqali siydik bilan chiqib ketadi, bir qismi so'lakka, me'da shirasiga va o'tga o'tadi, organizmga yuborilgan yodning ko'proq qismi esa qalqonsimon bezga keladi. Qalkonsimon bez hujayralarining yod yig'ishi ularning xarakterli xususiyatidir, bu bezdagi yod kontsentratsiyasi qondagiga nisbatan 300 baravar ortiq. Qalqonsimon bez gormonlarining sintezi uchun zarur yod etishmaganda bez to'qimasi kattalashib ketadi - buqoq vujudga keladi. Qalqonsimon bez hujayralarida to'planadigan yod bir qancha yodli birikmalar: monoyodtirozin, diyodtirozin, triyodtironin va tetrayodtironin (tiroksin) sinteziga sarf bo'ladi. Bu yodli birikmalar kalqonsimon bez follikullarining hujayralarida oqsil bilan kompleks birikma - tireoglobulin hosil qiladi. Tireoglobulin follikullarda bir necha oy saqlanishi mumkin. Bez hujayralaridan ishlanib chiqadigan ferment - proteinaza ta'sirida tireoglobulin sintezlanib, aktiv gormonlar - triyodtironin va tetrayodtironin, yoki tiroksin hosil bo'ladi. Bu gormonlar qonga o'tib, qon plazmasining α-globulinlari bilan birikadi, bular esa mazkur gormonlarni tashuvchi moddalar hisoblanadi. Qonda tiroksin yoki triyodironin ko'layib ketganda ular plazma albuminlari bilan ham birikishi mumkin. To'qimalarda bu komplekslar parchalanib, tiroksin va triyodtironin ajralib chiqadi PARATIRYeOID (QALQONSIMON BYeZ YoNIDAGI) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 743.29 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 743.29 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga