to'qima haqida tushuncha. Epiteliy to'qimalari Reja: to'qima haqida umumiy tushuncha. Ontogenezda to'qimaning shakillanishi. to'qimalar klassifikatsiyasi va o'zaro bog'liqligi. to'qimalarda regeneratsiya, qayta tuzilishi va metaplaziyasi to'qimalarni o'rganishning ahamiyati. 1.to'qima - bu ko'p hujayrali organizmning tarixiy filogenetik rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan, muayyan bir fiziologik vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayra va hujayralararo elementlar (strukturalar) majmuasidan tarkib topgan tuzilma. U xam o'ziga xos bir sistema, chunki bir emas, balki bir necha elementdan: hujayra va hujayralararo moddalardan tashkil topgan bo'ladi. to'qimalarni o'rganishda dastlab ularning evolyutsiyasiga murojaat qilish kerak. Bu jarayonni o'rganuvchi predmet evolyutsion gistologiya deb ataladi. Odam va hayvonlarning embrional rivojlanishi bilan tanishar ekanmiz, jinsiy yul bilan kupayadigan barcha ko'p hujayrali organizmlar ikki jinsning shaploid hujayralari kushilishidan vujudga keladi. Embrion mo'rtagidan hosil bo'lgan va kam talabakalangan hujayralarning rivojlanishi natijasida (ontogenezda) to'qima paydo bo'lish jarayoni gistogenez deb ataladi.Malumki, hujayralar tabakalanib borishi bilan bir vaqtda ularning soni xam ortib boradi, xajmi xam kattalashadi, bunga o'sish jarayoni deyiladi. Odatda, to'qimalarning shakllanishigacha bo'lgan davr, yani jinsiy hujayralar kushilib, zigota hosil kilganidan boshlab to to'qima shakllanguncha bo'lgan davr turt davrga bo'lib urganiladi: 1) ostipik davr: 2) blastomer davri: Z) mo'rtak davri: 4) to'qima (gistogenez) davri. hozirgi vaqtda tuxum hujayra yoki zigotaning rivojlanishi davrida kelgusi hosil buladigan to'qima qismlarini taxminan aniqlash mumkin. hujayraning ana shu kismi taksimlashib borib, kelajakda undan u yoki bu to'qima shakllanadi. Bunga prezumtiv (boshlang'ich) urchuklar deyiladi. Blastomer davri ostipik davrning davomi bo'lib, bunda zigota bo'linish i natijasida kuplab blastomerlar, yani o'ziga xos mustaqil hujayralar hosil bula boshlaydi. Mo'rtak davrida embrional rivojlanishning blastula davri tugab, mo'rtakning boshlang'ich urchuklari hosil bula ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.85 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.85 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:34 ]
Arxiv ichida: doc