Tayanch iboralar: nekroz. Nekrobioz. Koagulyatsion nekroz. Kollikvatsion nekroz. Demarkatsion to'siq. Quruq gangrena. Xo'l gangrena. Anaerob va chirituvchi mikroflora. Yaralar. Patologik granulyatsiya. Idiopatik, simptomatik, sinuoz yaralar. Endokrinli buzilishlar. Yara turlari. Oqmali yara - oqma. Oqmalar tasnifi. Oqma kanali. Kirib boruvchi va ko'r yaralar. 1. To'qimalar o'lishi yoki nekroz deb tirik organizmda hujayra, to'qima hamda a'zolarning jonsizlanishiga aytiladi. Rivojlangan ishemiya natijasida hosil bo'lgan to'qimalarning jonsizlanishi nekrobioz deb ataladi. Nekrozni asosiy chaqiruvchi omillarga lat yeyishlar, ezilish, siqilish, yuqori harorat (+60o C dan yuqori), sovuq urish (-15o C dan past), kuchli kislota va ishqorlarning ta'siri, infeksion kasalliklar (nekrobakterioz, itlar o'lati, leptospiroz), intoksikatsiya, qon aylanishining buzilishi, nerv sistemasining faoliyati buzilishidan kelib chiqadigan neyrotrofik buzilishlar, elektrotok, nurli energiya va boshqalar kiradi. To'qima nekrozi asosan hujayralar oziqlanishining to'xtashi yoki bevosita shikastlanishdan kelib chiqadi. Nekrozlar sekin (siqilish) yoki tez (kuyish) rivojlanishi mumkin. O'lgan to'qimalar organizm uchun begona bo'lib qolgani sababli undan demarkatsion yallig'lanish yo'li bilan chiqarib tashlanadi. Aseptik nekrozda jarayon o'rnida chandiq hosil bo'ladi, infeksiya tushganda esa yiringli yallig'lanish rivojlanadi, o'lgan teri ajralsa yara paydo bo'ladi. Nekroz turlari: Koagulyatsion - yoki quruq nekroz - hujayra protoplazmasi va oraliq to'qimaning zichlashishi, ivishi va keyinchalik qurishi bilan xarakterlanadi. Demarkatsion yallig'lanish tez rivojlanadi. Nekrozga uchragan joy aniq chegaralangan bo'lib, kulrang - sariq tusga kiradi. To'qima kesilganda pishloqsimon tuzilishga ega ekanligi aniqlanadi. Chaqiruvchi sabablar: og'ir metall tuzlari, yuqori harorat; formaldegid, toksin va kislotalar ta'siri. Kollikvatsion - yoki nam nekroz. Nekrozning bu turida zararlangan to'qimalar bo'kadi, yumshaydi va butqasimon shaklsiz massa hosil qiladi. Ziyod namlikning so'rilishi qiyin bo'lgani sababli demarkatsion to'siq tezda hosil ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.23 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.23 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:34 ]
Arxiv ichida: doc