To'rt tepalik bo'rtiqlari

To'rt tepalik bo'rtiqlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
To'rt tepalik bo'rtiqlari - rasmi

Material tavsifi

To'rt tepalik bo'rtiqlari O'rta miya (mesencephalon) Voroliyev ko'prigi yuqorisida joylashgan bo'lib, unga t'ort tepalik, miya oyoqchalari va Silviyev kanali kiradi. To'rt tepalik (corpus guatriqeminum) to'rtta bo'rtiqli plastinkadan iborat bo'lib, miya sopining orqa yuzasida joylashgan. Har bir tepalikdan bir tutamdan nerv tolalari chiqadi. To'rt tepalikning yuqorigi ikkitasida ko'rish ta'sirlarini orientirovka qiluvchi nerv markazlari joylashgan. Bu ikki bo'rtiq oraliq miyadagi tizzasimon tana bilan bog'langan. Pastki ikkita tepalikda eshitish ta'sirlarini orientirovka qiluvchi nerv markazlari joylashgan. To'rt tepalikdan uni orqa miya bilan bo'g'lovchi (tektospinal) yo'l boshlanadi. Tuban darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda ikkita tepalik bo'lib, agar u shikastlansa, ko'rish funksiyasi butunlay yo'qoladi. Miya oyoqchalari (perdunculi cerebri) ikkita yo'g'on nerv tolalari boylamidan iborat bo'lib, o'rta miyaning oldingi qismini qoplab turadi. Miya oyoqchalari uzunchoq miya va Voroliyev ko'prigini miya yarim sharlari bilan bo'g'laydi. Miya oyoqchalrining lateral tomonida ko'rish nervining yo'li joylashgan. Miya oyoqchalarining pastki qismi asosi, ustki qismi qopqog'i deyiladi. Miya oyoqchalrining asosi va qopqog'i pigmentlarga boy bo'lgantana bilan ajralib turadi. Qora tana odamda yaxshi rivojlangan. Miya oyoqchasining asosida quidagi o'tkazuvchi yo'llar joylashgan: piramida yo'li - ko'prik orqali orqa miyaga yo'nalgan bo'ladi, ko'prik - miya po'stlog'i yo'li, miya po'sti - yadro yo'li. Lateral o'tkazuvchi yo'l tarkibiga eshitish, sezish nervi kiradi. Bu yo'l to'rt tepalikning ikkita pastkisida tugaydi. Oraliq miya (diencephalon) bosh miya yarim sharlari bilan qoplangan bo'lib, unga ko'rish bo'rtiqlari, bo'rtiq osti va tizzasimon tana kiradi. Ko'rish bo'rtiqlari (thalamus opticus) katta ellips shaklidagi kulrang modda to'plamidan iborat bo'lib, pastki yuzasi pastki bo'rtiq osti qismiga, lateral yuzasi katta miya yarim sharlariga tutashgan, medial qismi uchunchi qorinchaning yon devorini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 970.03 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 970.03 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga