Trixinellyoz

Trixinellyoz

O'quvchilarga / Tibbiyot
Trixinellyoz - rasmi

Material tavsifi

Trixinellez Reja: Etiologiyasi. Epidemiologiyasi. Patogenezi. Profilaktikasi. Trixinellyoz peroral biogelmintoz va zoonozdir Etiologiyasi. Qo'zg'atuvchisi- Trixinella spiralis-kichik nematodalarga mansub parazit (urg'ochisi 3mm, erkagi -2mm). Parazitning ko'payishi organizmda yuz beradi va rivojlanish bosqichlarining hech biri tashqariga chiqmaydi. Trixinella balog'atga etgan paytda ingichka ichak va yo'g'on ichakning boshlang'ich qismida parazitlik qiladi. Epidemiologiyasi. Bu kasallik odamga uy hayvonlari yoki yovvoyi cho'chqa, ayiq, bo'rsiq va boshqa yirtqich hayvonlar go'shtini istemol qilish natijasida yuqadi. Bu hayvonlarning go'shtida trixinellalarning lichinkalari bo'lishi mumkin. Trixinellyoz ko'plab mamlakatlakatlarda keng tarqalgan (AQSH, GFR, Polsha, Boltiq bo'yi davlatlari, Ukraina va boshqa davlatlar). Patogenezi. Patogenezi asosida trixinella hayot faoliyatining natijasida ajratadigan moddalarga nisbattan organizm sensibilizatsiyasi yotadi. Salmoqli darajada yuqishi birinchi kunlardan ichak devorida kataral-gemmoragik yallig'lanish chaqiradi. Lichinka 4 kun ichida ichakning shilliq pardasiga kirib ulguradi. Keyinchalik bu parazit o'z navbatida lichinka chiqara boshlaydi. Bu yosh lichinkalar limfa tizimiga, undan qonga tushadi. Qon orqali har turli to'qimalarga, asosan mushaklarga o'rnashib oladi. Lichinkalar mushaklar orasida buralib, xuddi spiral shaklini oladi va parda bilan o'raladi. Lichinkalar mushaklar orasida 40 yilgacha saqlanishi mumkin. O'zgarishlar faqat mushaklarda emas, balki qaerda lichinka parazitlik qilsa, o'pkami, jigarmi yoki miokardmi shu organlar ham zararlanadi. Bitta organizmda trixinellalar yana yangidan ko'paymaydilar. Trixinelladagi modda almashinuv jarayoni natijasida paydo bo'ladigan va ular parchalanganda chiqadigan moddalar bemor organizmini sensibilizatsiya qiladi. Klinikasi. Kasallik ko'pincha asta-sekin boshlanadi. 2-3 kun davomida bemorni bosh og'rig'i bezovta qiladi, butun badani qAQSHab og'riydi, ko'ngil ayniydi, ishtahasi bo'g'iladi, ko'z qovoqlari va yuzi shishadi, qimirlatganda ko'z soqqalari, mushaklari og'riydi. Kasallikning 3-4 kunidan boshlab harorat 38,5-39oC darajaga ko'tariladi. Harorat 10 kundan 40 kungacha davom etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.24 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.24 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga