Trixotsefalez

Trixotsefalez

O'quvchilarga / Tibbiyot
Trixotsefalez - rasmi

Material tavsifi

Trixotsefalez Trixotsefalez peroral geogelmintoz va antroponoz kasallikdir. Etiologiyasi.Trixotsefalyozni qilbosh gijja (Trichosephalus trichiurus) qo'zg'atadi, urg'ochi qilbosh gijjaning uzunligi 3,5-5,5 sm, erkagining uzunligi 3-4,5 sm. Ular odamning yo'g'on ichagida yashaydi. Bu gijjaning bosh tomoni «soch»ga o'xshash ingichka va orqa tomoni yo'g'onlashib boradi. 4-5 yilgacha yashaydi. Urg'ochi qilbosh gijja qo'ygan tuxumlar tuproqda rivojlanib, undan lichinkalar chiqadi. Tashqi muhit harorati 15-37°S atrofida va namlik etarli bo'lgan sharoitda lichinka 1-17 kun davomida rivojlanadi. Bu gijjaning tuxumlari og'iz orqali yuqadi. U o'zining ingichka tomoni bilan ichak shilliq pardasiga kiradi va 3-10 kungacha shu holda qoladi. Bu muddat o'tgach gijja ichakka tushadi va ko'richakka keladi. Shu davr mobaynida gijja balog'atga etadi. Gelmintozdan zararlanish xuddi askaridozga o'xshab kechadi tuxumlar oshqozon ichak sistemasiga tushgandan so'ng lichinka chiqadi va ingichka ichak shilliq qavatini zararlaydi 3-10 sutkadan so'ng ingicka ichak bo'shlig'idan ko'r ichakkacha o'tadi va shu yerda voyaga etadi (30-45 kundan so'ng) va tuxum ajratishni boshlaydi. Organizmda 5 yilgacha saqlanishi mumkin. Epidemiologiyasi. Trixotsefalyoz askaridoz va enterobioz singari eng keng tarqalgan gelmintozlarga mansub hisoblanadi. Tarqalish zonasi ham askaridoz singari janubiy hududlarga to'g'ri keladi (tuxumlari tashqi muhitga kamroq chidamli hisoblanadi). Yuqish mexanizmi ham askaridoz singari hisoblanadi. Patogenez. Trixotsefalyozda lichinkalar migratsiyasi mavjud emas va shilliq qavatning zararlanishi alohida ahamiyatga ega. Qo'zg'atuvchi shilliq osti qavatgacha o'tishi mumkin va bunda shilliq osti qavatda infiltrate, shish, qon quyilish o'choqlari, eroziya va nekroz rivojlanishi mumkin. Organizmda allergik jarayonlar yuzaga keladi. Klinikasi. Bemorning darmoni quriydi, qornining o'ng-past tomoni qattiq og'riydi, ko'ngli ayniydi, ichi ketishi yoki qabziyat kuzatilishi mumkin. Appenditsit va kolit alomatlari bo'lishi mumkin. Bolalarda bazan tutqanoq tutadi. Bazan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.02 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.02 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga