Tug'ish Fiziologiyasi Reja: Tug'ishni boshlanishining sabablari, tug'ish bosqichlari. Tug'ish vaqtida homilaning joylashishi. Tug'ishning davomiyligi va tug'ishda yordam ko'rsatish tartibi. Tug'ishdan keyingi davrning kechishi. Tug'ish akti fiziologik jarayon bo'lib, ona hayvon organizmidan to'liq shakllangan homila, uning pardalari va homila oldi suyuqligining chiqarilishi bilan yakunlanadi. Nima sababdan homilani aynan to'liq shakllangan davrda tug'ilishi tadqiqotchilarni qiziqtirib kelgan. Buning sababini izohlash bo'yicha bir qator ta'limotlar yaratilgan: Toksikoz ta'limoti - kuchanish va tulg'oqlarning paydo bo'lishiga homila organizmida kislorod va oziqaviy moddalar tanqisligi oqibatida hosil bo'ladigan «anafilaktik zaharlar» tomonidan bachadonni ta'sirlanishi sabab bo'ladi deb tushuntiradi. Ayrim olimlar bachadon devorini to'planib qolgan karbonat angidrit, vodorod sulfid kabi gazlar ta'sirlantirishi oqibatida tug'ish jarayoni boshlanadi degan fikrga kelishgan. Muskullarning to'liq gipertrofiyasi ta'limoti - tug'ish jarayonining boshlanishiga bachadon muskullari gipertrofiyasining malum bosqichigacha rivojlanib etilishi va undan keyingi bosqichlarida funksional holatga, yani kisqara boshlashi sabab bo'ladi deb tushuntiradi. Gormonal ta'limot bo'yicha tug'ishning boshlanishiga esterogenlar, oksitotsin, adrenalin kabi gormonlarning bachadonga ta'siri sabab bo'ladi. Oxirgi paytlarda prostoglandinlarning ahamiyati kattaligi takidlanmoqda. Tug'ish boshlanishidan oldin homiladan uning yo'ldoshiga ko'p miqdorda glyukokortikoidlar va steroidlar ajralib chiqadi. Bo'g'ozlikning oxiriga kelib, bachadonda to'plangan esterogenlar homila yo'ldoshining hujayralariga ta'sir etib, ular tomonidan prostoglandinlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Prostoglandinlar o'z navbatida sariq tananing gormonal funksiyasini to'xtatadi va uning qayta so'rilishini ta'minlaydi. Bosim nazariyasi. Bu nazariya bo'yicha homila rivojlanib, reflektor holatda qisman atrofdagi suyuqlikdan yutib turadi, natijada kattalashib bachadon devoriga qattiq ta'sir qiladi. Buning natijasida bachadonning qisqarishi yuzaga keladi. Hayvonning yotishi bilan bosim yanada oshib tug'ish jarayoni tezlashadi. Begona tana nazariyasi. Homila bo'g'ozlik davrining oxirida kelib, ona organizmi uchun begona tana bo'lib ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.19 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.19 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:37 ]
Arxiv ichida: doc