Tug'ish va tug'ishdan keyingi davr patologiyasi Reja: Tug'ish patologiyasining sabablari. Tug'ish dinamikasining buzilishidan kelib chiqadigan patologiya. Homilaning noto'g'ri joylashishi va bachadon bo'yinchasi ochilmasligiligidan kelib chiqadigan patologiyalar. Tug'ishdan keyingi kasalliklar. Tug'ish patologiyasining sabablari. Og'ir va patalogik tug'ishlar homila yoki ona hayvonga bog'liq bo'lgan bir qator sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. Homila uzunasiga cho'zilgan shakldagi tanadan iborat bo'lib, uning davomida keng (bosh, ko'krak qafasi va tos) va tor segmentlari bo'ladi. Shunga ko'ra, bola tug'ilish jarayonining normal holda o'tishi homila keng segmentlari bilan ona hayvonning tosi yuzasi o'rtasidagi o'zaro munosabatga, shuningdek, bolaning bachadonda to'g'ri joylashishiga bog'liq. Homilaning ona hayvon tosiga kirib borishi uchun moslashib yotishi homilaning bachadonda to'g'ri joylashishi hisoblanadi. Bu 2 xil: 1) oldingi oyoqlariga boshini qo'ygan holda bosh tomoni bilan yotish va 2) tos tomoni bilan yotish, bunda homila orqa oyoqlari bilan chiqish teshigiga qarab yo'naladi. Bu ikkala holatda ham homilaning orqasi onasining orqasiga qaragan bo'ladi. Homila bilan bog'liq bo'lgan patologik tug'ishlarning sababi quyidagicha: 1. Homila a'zolarining: a) homila bosh tomoni bilan yotganda uning boshi va oldingi oyoqlari va b) homila orqa tomoni bilan yotganda uning orqa oyoqlari va dumining noto'g'ri joylashishi. 2. Homilaning: a) homila pastki va b) yon (o'ng yoki chap) tomonida noto'g'ri pozitsiyada joylashishi. 3. Homilaning: a) qorni bilan tik; b) orqasi bilan tik; v) qorni bilan ko'ndalang va g) orqasi bilan ko'ndalang holatda noto'g'ri yotishi. 4. Tos bo'shlig'iga birdaniga ikkita homilaning bir vaqtda kelib qolishi. 5. Homila juda ham katta bo'lishi. 6. Homilaning patologik rivojlangan (majruh) bo'lishi. Sigir yoki biya tug'ayotgan vaqtda kuchanishi bachadonda to'g'ri holatda joylashgan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.04 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.04 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:37 ]
Arxiv ichida: doc