Turli jinsli sistemalarni ajratish Reja 1. Turli jinsli sistemalarni ajratish. 2. Turli jinsli sisemalarni ajratish usullari. 3. Suyuqlik sistemalarnii ajratish. Cho'ktirish. 4. Cho'ktiruvchi apparatlar. Filtrlash. Turli jinsli sistemalarni ajratish Har xil fazalardan (masalan, suyuqlik - qattiq modda, suyuqlik - gaz va hokazo) tashkil topgan aralashmalar turli jinsli sistema deb ataladi. Ko'pinchalik turli jinsli sistemalar ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonlarni amalga oshirish paytama hosil bo'ladi. Har qanday turli jinsli sistema ikki yoki undan ko'p fazalardan tashkil topgan bo'ladi. Zarrachalari juda maydalangan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deyiladi. Dispers faza zarrachalarni o'rab olgan fazasi esa dispersion yoki tashqi faza deyiladi. Fazalarni fizik holatiga ko'ra turli jinsli sistemalar quyidagi gruppalarga bo'linadi. Suspenziyalar, emulsiyalar, ko'piklar, changlar, tutunlar, tumanlar. Turli jinsli sisemalarni ajratish usullari Texnikada turli jinsli sistemalarni tashkil etuvchi fazalar yoki kompanentlarga ajratishga to'g'ri keladi. Ajratish usullarini tanlashda turli jinsli sistemani tashkil etuvchi fazalarning holatiga (suyuq, qattiq va gazsimon), qattiq yoki suyuq zarrachalarning o'lchamiga, fazalar o'rtasidagi zichliklar farqiga, muhitning qovushoqligiga ahamiyat berish kerak. Ximiyaviy texnologiyada turli jinsli sistemalarni ajratish uchun quyidagi gidromexanik usullardan foydalaniladi: 1) cho'ktirish, 2) filtrlash, 3) tsentrifugalash, 4) suyuqlik yordamida ajratish. OHirlik kuchi, inertsiya kuchlari (jumladan, markazdan qochma kuch) yoki elektrostatik kuchlar yordamida suyuqlik va gazsimon turli jinsli sistemalar tarkibidagi qattiq yoki suyuq zarrachalarni ajratish cho'ktirish deb ataladi. Agar cho'ktirish oHirlik kuchi ta'sirida olib borilsa, bu jarayon tindirish deb yuritiladi. Tindirish asosan turli jinsli sistemalarni birlamchi ajratish uchun ishlatiladi. Filtrlash - suyuq gazsimon aralashmalarni Hovaksimon to'siq filtr yordamida ajratishdan iborat. Bu jarayonda Hovaksimon to'siq suyuqlik yoki gazni o'tkazib yuboradi, muhitdagi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.98 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.98 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:40 ]
Arxiv ichida: doc