Turli kasalliklarda jismoniy reabilitatsiyani qo'llanilishi

Turli kasalliklarda jismoniy reabilitatsiyani qo'llanilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Turli kasalliklarda jismoniy reabilitatsiyani qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

Turli kasalliklarda jismoniy reabilitatsiyani qo'llanilishi Ayollarda homiladorlik davri yengil kechishi, homilaning yaxshi rivoj-lanishi, tug'ish jarayonining yengil va asoratsiz kechishi uchun shifobahsh jismoniy tarbiya keng qo'llniladi. Shifobahsh jismoniy tarbiyaning qo'lla-nilishi homiladorlikning trimestrlariga bog'liq, yani quyidagi trimestr-lar farqlanadi : - 1-trimestr - 16 haftagacha - 2-trimestr - 17-32 haftalar - 3-trimestr - 33-40 haftalar 1-trimestrda shifobahsh jismoniy tarbiyani qo'llash. Vazifalari : 1.Homilaning rivojlanishiga optimal holatlarni yuzaga keltirish. 2.Homilador ayolni to'liq nafas olishga o'rgatish. 3.Asta-sekinlik bilan yurak-qon tomir va boshqa sistemalarni o'sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirish. 4.Homilador ayolni erkin holatda mushaklarni kuchlantirish va bo'shashtirishga o'rgatish. Bu trimestrda homilaning tushushini oldini olish maqsadida qorin ichki bosimini keskin ko'taradigan mashqlar tavsiya etilmaydi. Shifobahsh gimnastik muolajaning kirish qismida ayollar uchun qo'l-oyoqlarning distal - proksimal qismlariga mashqlar, dinamik va statik nafas mashqlari beriladi. Mashg'ulotning asosiy qismida ko'krak va diafragmal nafas mashqlari bilan birga qorin oldi mushak pressi va tos tubi mushaklari uchun mashq beriladi. Qorin oldi mushak pressi va tos tubi mushaklari uchun mashqlar orqada, yon boshda yotgan, tizza-kaft dastlabki holatlarida berila-di. Qorin ichki bosimini keskin oshiruvchi quyidagi mashqlar tavsiya etilmaydi : - bir vaqtning o'zida to'g'ri oyoqlarni yuqoriga ko'tarish; - yotgan holatdan keskin ravishda o'tirgan holatga o'tish; - keskin ravishda tanani orqaga va oldinga bo'qish va h.z. Mashg'ulotning tugallanish qismida statik va dinamik nafas mashqlari, qo'l-oyoqlarning distal va proksimal qismlariga mashqlar va bo'shashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi. Shifobahsh gimnastik muolajalaridan tashqari ayollarga toza havoda sayr etish buyuriladi. 2-trimestrda shifobahsh jismoniy tarbiyani qo'llash. Vazifalari: 1.Homilaning oksigenatsiyasini va qon bilan ta'minlanishini yaxshilash. 2.Qorin oldi mushaklar pressini mustahkamlash. 3.Tos tubining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.8 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.8 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga