Tuyoqlarni noto'g'ri taqalashdan kelib chiqadigan asoratlar va tuyoqning yiringli-nekrotik jarayonlari

Tuyoqlarni noto'g'ri taqalashdan kelib chiqadigan asoratlar va tuyoqning yiringli-nekrotik jarayonlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Tuyoqlarni noto'g'ri taqalashdan kelib chiqadigan asoratlar va tuyoqning yiringli-nekrotik jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Adabiyotlar: 2. 362 - 365, 366 - 368, 403 - 407, 407 - 416; 3. 244 - 254; 5. 136 - 145 b. Tayanch iboralar: taqalashdan avval ko'zdan kechirish Tuyoqning uzunlik va kenglik o'lchovlari. Standart taqa. Taqani tuyoqqa moslashtirish. Sovuq va issiq usullar. Taqani tuyoqqa biriktirish. Noto'g'ri taqalash. Yiringli pododermatit, jarohatning ifloslanishi. Yumshoq tovon jarohatlari. Tuyoq aylanasi flegmonasi. Tuyoqning yumshoq tovoni flegmonasi. 1. Qishloq xo'jalik hayvonlar tuyoqlarini qirqish va taqalash. Otlarni taqalashdan avval ko'zdan kechirish. Tishli taqalarni qo'llash hayvonlarni toyishdan va natijada oyoqlari hamda tananing boshqa qismlarini shikastlanishdan saqlaydi. Oyoqlari noto'g'ri bosiladigan va tuyoqlari deformatsiyaga uchragan hayvonlarga ortopedik (davolovchi) taqalarni qoqish bunday hayvonlarning ishchanligini oshiradi. Taqalashdan avval ot oyoqlarining yerga qo'yilish xususiyatlari, tuyoqlar shakli, ularda patologik jarayonning bor yoki yo'qligi aniqlanadi (tuyoqlarning revmatik yallig'lanishi, barmoqni bo'quvchi paylarning yallig'lanishi va boshq.). Buning uchun hayvon tinch turgan va harakatlangan vaqtda e'tibor bilan qo'zdan kechiriladi. Oyoqlarni yerga qo'yilish to'g'riligini aniqlash. To'g'ri shaklli tuyoq faqat oyoqlar to'g'ri qo'yilganda bo'ladi. Ot oyog'ining to'g'ri qo'yilishini aniqlash uchun u tekis yo'lakchaga keltirilib old, orqa va yon tomonlaridan ko'zdan kechiriladi. To'g'ri qo'yilgan oldingi oyoqlar parallel joylashadi. Yelka bo'g'imining old tomonidan o'tkazilgan vertikal chiziq oyoqning o'rtasidan o'tadi. Yon tomondan oldingi oyoqlarining to'g'ri qo'yilishini aniqlash uchun kurakning o'rta qismidan vertikal chiziq o'tkaziladi. Oyoqlar to'g'ri qo'yilganda chiziq tirsakdan tushoq bo'g'imigacha oyoqning o'rtasidan o'tib, tuyoqning yumshoq tovoniga tegib turadi. Orqa oyoqlarning to'g'ri qo'yilishini aniqlash uchun o'tirg'ich do'ngligidan vertikal chiziq o'tkaziladi. Oyoq to'g'ri qo'yilganda chiziq oyoqning o'rtasini bo'ylab tuyoqning burma ustunchalari orasidan o'tadi. Bu chiziqqa yon tomondan qaralsa u tovon suyagining do'ngligiga tegib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.3 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.3 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga