Tuyoqning teri asosi va yumshoq to'qimalari kasalliklari

Tuyoqning teri asosi va yumshoq to'qimalari kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Tuyoqning teri asosi va yumshoq to'qimalari kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Tayanch iboralar: tuyoqlarning revmatik yallig'lanishi. Tuyoq suyagining o'z o'rnidan siljishi. Hayvon shamollashi. Oziqlantirish tartibining buzilishi. Allergik kasallik. Antigistaminli vositalar. Teri matserasiyasi. Tuyoq suyagining nekrozi, bo'quvchi paylarning nekrozi. Paraxondral flegmona. Pay qinlarining nekrozi. Nekrobakterioz. 1. Tuyoqlarning revmatik yallig'lanishi yoki boshqacha qilib aytganda tuyoq devori teri asosining diffuz - seroz yallig'lanishi hamma tuyoqli hayvonlarda, ammo ko'pincha otlarda kuzatiladi. Kasallik o'tkir va surunkali kechadi. Surunkali kechganda tuyoq suyagi o'z o'rnidan siljiydi, tuyoq kapsulasi esa deformatsiyaga uchraydi. Asosan ikkala oldingi oyoqlar, ayrim hollarda orqa oyoq tuyoqlari zararlanadi. Etiologiya. Kasallik hayvonlarni noto'g'ri saqlash va oziqlantirishdan kelib chiqishi ilgaridan ma'lum. Hozirgi vaqtda bir qator olimlar bu kasallikni quyidagi sabablardan kelib chiqishini ta'kidlaydilar: 1. Hayvon shamollashi, ya'ni qizib turgan otga sovuq suv ichirish yoki sovuq suvda cho'miltirib, uzoq vaqt shamolda olib qolish. 2. Oziqlantirish tartibining buzilishi. Roj, arpa, bug'doy, no'xat va boshqa oqsilga boy yoki sifati buzilgan va mog'orlagan oziqalarni yedirish. Bunday hollarda otlarda sanchiq, qo'ylarda esa damlash belgilari kuzatiladi. Qo'zilarni so'li yoki beda bilan boqqanda ham bu kasallik rivojlanishi mumkin. 3. Tuyoqning teri asosiga uzoq vaqt mexanik ta'sir qilish. Masalan hayvonlarni temir va suv yo'llari orqali, avtotransportda tashish, yaylovda uzoq masofaga yurgizish, charchash. 4. Ayrim dori vositalarini (sabur, kerosin va boshq.) ko'p miqdorda va noto'g'ri qo'llash. 5. Ayrim infeksion kasalliklarning asoratlari - inflyuensa, yuqori nafas olish yo'llarining yallig'lanishi va hokazo. 6. Bola tashlash va tug'ishdan keyingi asoratlar. 7. Hozirgi davrda bu kasallik negizida allergiya yotadi deb hisoblanadi. Ikkilamchi sabablarga tuyoqlar shaklining buzilishi (yalpoq yoki qisiq tuyoqlarda), yurak faoliyatining buzilishi kiradi va boshq. Patogenez. Ot tuyog'ida qon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.91 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.91 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga