Uchuvchi zaharlarni suv bug'i yordamida biologik obyektdan ajratib olish. Zaharlarni suv bug'i yordamida haydab ajratib olish

Uchuvchi zaharlarni suv bug'i yordamida biologik obyektdan ajratib olish. Zaharlarni suv bug'i yordamida haydab ajratib olish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Uchuvchi zaharlarni suv bug'i yordamida biologik obyektdan ajratib olish. Zaharlarni suv bug'i yordamida haydab ajratib olish - rasmi

Material tavsifi

Uchuvchi zaharlarni suv bug'i yordamida biologik obyektdan ajratib olishning nazariy asoslari. Zaharlarni suv bug'i yordamida haydab ajratib olish Suv bug'i yordamida haydab olish usuli bilan ko'p kimyoviy moddalarni ajratib olish mumkin. Ulardan toksikologik ahamiyatga ega bo'lganlari quyidagilar: 1. Kislotalar: tsianid va sirka kislotalari. 2. Galogen hosilalari: xloroform, to'rt xlorli uglerod, xloralgidrat, dixloretan, geksaxloran. 3. Aldegid va ketonlar: formaldegid va atseton. 4. Spirtlar: metil, etil, propil, butil, amil, izoamil spirtlari va etilenglikol. 5. Efirlar: dietil efiri, sirka etil efiri, amilnitrit. 6. Aromatik uglevodorod hosilalari: benzol, toluol, ksilol, fenol, krezol, salitsil kislotasi, anilin, nitro benzollar. 7. To'rtetilqo'rg'oshin va fosfor. 8. Alkaloidlar: nikotin, anabazin, paxikarpin, koniin. Yuqoridagi birikmalar tuzilishi va funksional guruhlari bo'yicha turli fizik-kimyoviy xossalarga ega, ammo ulardagi umumiylik ularni uchuvchanligidir. Mazkur moddalardan 13 turiga tekshiruv o'tkazilishi shart. Bu moddalarni sud kimyosi va boshqa shu kabi obyektlardan ajratib olishda haydash (distillyatsiya) usullari qo'llaniladi. Haydash usullari - oddiy, vakuum yordamida va suv bug'i yordamida haydash usullariga bo'linadi. Oddiy haydash - moddalar yuqori issiqlik ta'sirida haydaladi. Buning uchun tekshiriluvchi obyekt Vyurts kolbasiga solinib, kolbani og'zi tiqin orqali sovutgichga ulangach, qum yoki yog' solingan idishga tushirilib qizdiriladi. Issiqlik ta'sirida uchuvchan modda bug' holiga o'tib uchadi keyin sovutgichda kondensatsiyalanib, yig'ib oluvchi idishga yig'iladi. Moddalar bug' holiga o'tishi uchun uni qaynash haroratigacha qizdirish kerak. Qaynash bu modda bug' partsial bosimi bilan atmosfera bosimi tenglashganda sodir bo'ladigan fizik holatdir. Moddani qaynash harorati bosimga to'g'ri proportsional bo'lib, bosim oshishi bilan qaynash harorati ham oshadi. Shuning uchun, ayniqsa, yuqori haroratda parchalanuvchi birikmalarni past bosimda vakuum hosil qilib haydash maqsadga muvofiqdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.85 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.85 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga