Tayanch iboralar: davolash kompleksi. Dispanserizasiya. Stress holati. Xirurgik infeksiya. Organizm rezistentligi, regeneratsiya. Reaktivlik. Himoya - moslashuv reaksiyasi. Patogenez, etiologiya, semiotika. Refleksoterapiya. Patogenetik davolash tamoyillari. Shikastlovchi omillar, shikast, shikastlanishlik. Monotravma. Iqtisodiy zarar. Ozuqali shikastlanishliklar. 1. Veterinar xirurgiya kasalliklarning oldini olish (profilaktika) va davolash birligi tamoyiliga asoslanadi va bunda oldini olish ishlari yetakchi hisoblanadi. Kasalliklarni oldini olish ishlari hayvonlarni oziqlantirish, saqlash va ekspluatatsiya texnologiyalarni hisobga olgan holda bajariladi. Xirurgiya so'zi ikki yunon so'zidan kelib chiqqan bo'lib, chier - qo'l va ergo - ta'sir, harakat ya'ni qo'l bilan harakat qilish ma'noni bildiradi. Hozirgi vaqtda qishloq xo'jalik chorvachiligi oldiga yangi vazifalar qo'yilishi, ko'pgina yangi antibiotiklar, preparatlar va patologik jarayonlarni normallashtiruvchi usullarning ishlab chiqarilishi xirurgiyada yangi yo'l tanlashni da'vat etmoqda. Bu esa o'z navbatida profilaktika usullari va vositalarini qo'llab, hayvonlar shikastlanishini, xirurgik infeksiya va yiringli kasalliklar rivojlanishini kamaytirish, chorvachilik fermalar sharoitida o'tkazish mumkin bo'lgan xirurgik operatsiyalarni, qon quyish usullarini, to'qima terapiyani joriy qilish, lazer va ultratovush apparatlar, hamda polimer materiallardan foydalanishni talab qiladi. Umumiy xirurgiya fani shikast va shikastlanishlarning barcha turlarini va sabablarini; hayvon reaktivligini; klinik immunologiya aspektlarini; etiologik va patogenetik davolash tamoyillarini o'rganadi. Umumiy xirurgiya quyidagilarni aniqlaydi va tavsiya qiladi: Xirurgik kasallikni keltirib chiqaruvchi tashqi va ichki sabablarini (etiologiya). Obyektiv qonuniyatlarga asoslangan holda kasallikning rivojlanish mexanizmini (patogenez). Xirurgik kasalliklarning umumiy klinik belgilarini, kechish qonuniyatlarini va kasallikning o'ziga xos xususiyatlarini (semiotika). Kasallikni aniqlash usullarini va ularning umumiy tamoyillarini (diagnostika). Bitish va tuzalish jarayonlar (regeneratsiya) qonuniyatini. Tuzalishga to'sqinlik qiluvchi ichki va tashqi sharoit jarayonlarni. Kasallik oqibatini. Shikastlanish, infeksiya va modda almashinuvining buzilishidan kelib chiqadigan kasalliklarni davolash ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.84 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.84 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:43 ]
Arxiv ichida: doc