Urg'ochi hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

Urg'ochi hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Urg'ochi hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Urg'ochi hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi Reja: Urg'ochi hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomo- morfologik tuzilishi. Tuxumdonlarning morfologiyasi, funksiyalari. Tuxumdon gormonlarining jinsiy a'zolarga ta'siri. Ovogenez. Jinsiy gormonlarni amaliyotda qo'llanilishi. Urg'ochi hayvonlar jinsiy a'zolari tuzilishiga ko'ra, ikki qismga bo'lib o'rganiladi. Tashqi jinsiy (genitalia externa) a'zolarga jinsiy lablar, qin dahlizi va klitor; ichki jinsiy (genitalia interna) a'zolarga qin, bachadon, tuxum yo'llari, tuxumdonlar va sariq tana kiradi. Jinsiy lablar - ichki va tashqi yuzalardan iborat bo'lib, tashqi yuzasi ter va yog' bezlariga juda boy pigmentsiz teridan iborat bo'ladi, ichki yuzasi esa shilliq pardadan iborat bo'lib, ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Jinsiy lablar elastik muskul tolalari va venoz qon tomirlar to'riga boy bo'lib, jinsiy aloqa paytida qonga to'lishadi. Klitor - g'ovak tanadan tuzilgan bo'lib, erkak hayvonlar jinsiy azosi rudimenti hisoblanadi. Klitorning uchida sezuvchi nervlar juda ko'p bo'ladi. Qin dahlizi - urg'ochi hayvonlar jinsiy a'zolarning eng keyingi bo'limi bo'lib, tashqi lablar bilan tugaydi. Qin dahlizining shilliq qavati ko'p qavatli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Unda limfa tugunlari va pastki tomon bezlari vestibulyar bezlari bo'ladi. Sigirlarda dahlizidagi bezlar klitor yoniga ochiladi. Cho'chqalarda dahlizning yon g'ovak to'qimalari bo'ladi. Qin dahlizining uzunligi sigir va biyalarda 8-14 sm, qo'y va echkilarda 4-5 sm va cho'chqalarda 5-10 sm bo'ladi. Qin - jinsiy qo'shilish azoi va tug'ilish yo'lining bir qismi hisoblanadi. Qinning orqa qismi qin dahliziga ochiladi. Qinning shilliq pardasi yassi ko'p qavatli epiteleiy hujayralari bilan qoplangan bo'lib, bezlar bo'lmaydi. Muskul qavati ichki aylanma va uzunasiga joylashgan tashqi tolalardan iborat. Qinni ustki yuzasi parda bilan qoplangan. Sigirlar qini 22-28 sm, biyalar-32 sm, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga