Urogenital xlamidioz

Urogenital xlamidioz

O'quvchilarga / Tibbiyot
Urogenital xlamidioz - rasmi

Material tavsifi

Urogenital xlamidioz Reja: Tarixi. Etiologiyasi. Epidemiologiyasi. Klinikasi. Tashxisoti. Profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar Urogenital xlamidioz- Chlamydia trachomatis tomonidan chaqiriladigan, keng tarqalgan yuqumli kasallik bo'lib, asosan jinsiy yo'l orqali yuqadi, siydik ajratish a'zolari, ko'z shilliq qavatlari, bo'g'imlar, nafas olish a'zolarining zararlanishi bilan xarakterlanadi. Tarixi. Xlamidiozlar juda qadimdan malum. Xlamidioz infeksiyalar haqidagi ma'lumotlar qadimgi kitoblarda keltirilgan bo'lib, ularda aynan traxomatoz konyunktivit va traxoma kasalliklari yoritilgan. Xlamidiyalar morfologiyasi haqidagi dastlabki ma'lumotlar XX asr boshlariga kelib olingan. Xlamidiyalarning ochilishi birinchilar qatorida Galbershtedter va Provacheklarga tegishlidir. Ular birinchi bo'lib, 1907 yili tajriba uchun kasallik yuqtirilgan orangutan maymuni konyuktivasi hujayralarida traxoma qo'zg'atuvchilarini aniqlaganlar. Bu qo'zg'atuvchini «Chlamidozoon trahomatis» deb atashgan, bir qator olimlar esa «Provachek tanachasi» degan atamani qo'llashni taklif etishgan. Xuddi shunga o'xshash tsitoplazmatik kiritmalar tez orada yangi tug'ilgan chaqaloqlarning zararlangan ko'zlari shilliq qavatlaridan olingan sinamalarda, shuningdek tservitsit bilan og'rigan ularning onalaridan olingan materiallarda ham aniqlangan. 1957 yilda Xitoyda traxoma bilan og'rigan bemorlardan xlamidiya qo'zg'a-tuvchilari ajratib olingan. Ko'p vaqt o'tmay xuddi shu qo'zg'atuvchilar jinsiy a'zolar ajratmalarida ham topilgan. Ushbu hujayra ichi kiritma-larining tabiati o'rganilganligiga hali uncha ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Etiologiyasi. Zamonaviy taksonomik tasavvurlarga ko'ra xlamidioz qo'zg'atuvchisi Chlamydiacea oilasiga kiradi va ikki avloddan tarkib topgan: Chlamydia va Chlamydophila. Chlamydia avlodi odamlar uchun patogen bo'lgan S. trachomatis turidan iborat. Chlamydophila avlodi esa odamlar uchun patogen bo'lgan quyidagi turlarni ichiga oladi: C. pneumonia va C. pittance. Har bir tur ichida serologik variantlar ajratiladi. S. trachomatisning uch guruh serovarlari bor: traxoma qo'zg'atuvchilari (A, V, S serovarlari), urogenital xlamidioz qo'zg'atuvchilari (D, Da, E, F, G, H, I, Ia, J, K) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.2 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.2 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga