REJA: Kirish Uyqu haqida tushuncha II. Asosiy qism Uyqu va uyqu gigiyenasi. II. Yakuniy qism. Xulosa. Uyqu turlari. Tush ko'rish Kirish Uyqu haqida tushuncha Uyqu hayvon va hasharotlarda kuzatiluvchi, tabiiy fiziologik minimal faollik holatidir. Uyquni bajarish uxlash deyiladi. Uyqu va u bilan bog'liq hodisalarni somnologiya fani o'rganadi. Uyqu - odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat. Bunda fiziologik jarayonlar bir qadar sekinlashadi va organizmning , chunonchi, markaziy nerv sistemasining ish qobiliyati tiklanishi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratiladi. uyqu har bir insonning zarur hayotiy ehtiyojidir. Inson butun hayotining uchdan biri har kechakunduzda davriy kuzatiladigan uyqu holatida o'tadi. Uyqu vaqtida muskullar tonusi susayadi (uyqudagi odamning ko'p muskullari bo'shashgan bo'ladi), sezuvchanlikning barcha turlari - ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid sezish, teri sezuvchanligi keskin susayadi. Shartsiz va shartli reflekslar tormozlanadi. Qattiq uyquda nafas uyg'oqlikdagiga nisbatan ancha chuqur, yurak urishi sekin, arterial qon bosimi, to'qimalarga qon kelishi, moddalar almashinuvi, gavda t-rasi past bo'ladi. Bularning barchasi uyqu holatida miya bilan bir qatorda hujayralar va to'qimalar hayot faoliyatini ta'minlovchi hamma ichki a'zolarning ham dam olishidan dalolat beradi. Ammo uyqu haqidagi zamonaviy tasavvurlarga ko'ra, uyqu faqat dam olish emas, balki kun bo'yi olingan turli axborotni qayta ishlash va ertasi kun yana qabul qilish qobiliyatiga erishish uchun qaratilgan jarayondir. Odam astasekin uxlaganda nafas olish va yurak ritmi pasayadi, ko'z sekin yumula boshlaydi. Tez uxlab qolganda esa bu harakatlar, odatda, tezlashadi. Astasekin uxlab qolish tungi uyquning 75-80%ini, tez uyquga ketish esa 20- 25%ini tashkil etadi. Tez va sekin uxlab qolishning navbatlanishi, odatda, sog'lom odamlar uchun xosdir va bunda odam ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:46 ]
Arxiv ichida: ppt