Uyqu va uning ahamiyati

Uyqu va uning ahamiyati

O'quvchilarga / Tibbiyot
Uyqu va uning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Uyqu va uning ahamiyati Uyqu Uyqu O'z vaqtida va 10 soat atrofida bo'lsin. Och qoringa uxlash yomon, quvvatni susaytiradi. To'q qoringa uxlash ovqatning ichaklarda turib qolishiga va buzilishiga olib keladi. Uxlashdan kamida 2 soat oldin ovqatlanish tavsiya etiladi. Kunduzgi uyqu yomon, chunki u rutubatlardan kelib chiqdigan nazla, taloq kasalligini keltirib chiqaradi. Asablarni bo'shashtiradi, lanj qiladi, ishtaxani pasaytiradi. Lekin qattiq charchash, o'ta g'azablanish, aqliy faoliyat bilan shug'ullanib charchash, g'am kabi sabablardan birontasi bo'lsa, kunduzi uxlasa zarar qilmaydi. Uyqusizlik Uyqusizlik (ba'zan insomnia ham deyiladi) tegishli sharoit bo'lishiga qaramay, uxlay olmaslik muammosi bilan xarakterlanuvchi kasallik simptomidir. Bu odatda holsizlanish, bosh og'riqlari va boshqa simptomlarni keltirib chiqaradi. Uyqusizlik atamasi uyquning mutlaqo yo'qligini emas, balki uxlash qiyinligini anglatadi. Uyqusizlik, insomniya, agripniya - tungi uyqu maromining buzilishi; tunda kam yoki yuzaki uxlash, uyqu kelmaslik, bevaqt uyg'onaverish, shuningdek, juda erta uyqu o'chib ketishi va boshqalar. Ba'zi odamlarda uyqu bolaligidan buzilgan bo'ladi, mas, irsiy, ilk yoshda boshdan kechirilgan ba'zi kasalliklar yoki nerv sistemasi, bosh miyaning shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi. uyquko'pincha nerv sistemasining kuchli ruhiy, emotsional shikastlari, nevroz, psixoz, bosh miyaning organik kasalliklari (ayniqsa, miya qon tomirlari aterosklerozi), ichki a'zolar va endokrin bezlar (buyrak, jigar, qalqonsimon bez) kasalliklari bilan bog'liq nerv sistemasining funksional buzilishlarida uchraydi. Uyqu yotadigan joyning noqulay bo'lishi, biror narsadan hayajonlanish, birorta kasallikning boshlanish belgisi bo'lishi ham mumkin. Agar uyqunoxush kechinmalar, toliqish, uxlash maromining buzilishidan (funksional U.) kelib chiqqan bo'lsa, u o'zicha tiklanadi. Buning uchun har kuni bir vaqtda odatdagi sharoitda yotish, yaxshi xayollar surish lozim. Bu tavsiyalarga rioya qilinsa, hayajonlanish, toliqishdan yuzaga keladigan uyqutezda o'tib ketadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 516.98 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:46 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 516.98 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga