Vestibulyar analizator

Vestibulyar analizator

O'quvchilarga / Tibbiyot
Vestibulyar analizator - rasmi

Material tavsifi

Vestibulyar analizator Vestibulyar analizatorning adekvat qo'zg'atuvchisi - bu bosh va tananing bo'shliqdagi harakati. Tananing bo'shliqdagi barcha harakatlari yo'nalishi va tezligi bilan farqlanadi. Tana harakatlari aylanma (burchak ostida) yoki to'g'ri chiziqli bo'lishi mumkin. Shunga muvofiq, vestibulyar apparatda retseptorlarning ikki turi mavjud. Aylanma harakatlar yarim doira kanallarning ampulalarida joylashgan neyrosensor hujayralar - ampulyar retseptorlarni qo'zg'alishiga olib keladi. To'g'ri chiziqli harakatlar esa dahliz xaltachalarida joylashgan sensor hujayralarni (otolit retseptorlar) qo'zg'alishiga olib keladi. Qo'zg'alishning paydo bo'lish mexanizmi. Vestibulyar analizator har bir harakatga javob bermaydi, aksincha tezlanish yoki sekinlashuv (ijobiy yoki salbiy tezlanish) bilan sodir bo'layotgan holatlarga javob beradi. Vestibulyar apparat bir maromdagi harakatga ta'sirlanmaydi. Reaksiya har qanday aylanish boshlanishida, yarim doira kanalining suyak devorlari (ayni paytda aylanish sathida joylashgan) harakatlanganda yuz beradi, endolimfa esa birinchi lahzada ortda qoladi va ampulada joylashgan kupula (gumbazni) buradi. Agar keyingi harakat bir maromda sodir bo'lsa, endolimfa inertsiya bo'yicha harakatlanishda davom etadi va gumbaz retseptor hujayralarini ta'sirlaydi. ta'sirlanish dahlizda ham xuddi shunday mexanizmga ega bo'ladi, faqat harakat yo'nalishida farqlanadi. To'g'ri chiziqli harakatlar boshlanishida otolit kristallari endolimfada so'zib yurgan retseptor hujayralar o'zaro bir-biriga tortiladi. Bu neyrosensor epiteliyni qo'zg'alishiga olib keladi. Vestibulyar analizatorning asosiy ishi barcha harakatlarni muvofiqlashtirish, shuningdek statik muvozanatni ta'minlashdir. Vestibulyar analizator ko'plab tizimlar bilan funksional ravishda bog'langan, buning natijasida inson bo'shliqdagi o'z holatini sezmaydi, vaholanki uning holati doimo boshqarilib turiladi. Vestibulyar apparatning vazifasi reflektor ravishda miyaning po'stloq osti faoliyati, ko'rish analizatori va mushak apparati hamda simpatik va parasimpatik asab tizimi bilan bog'liq holatda tanani boshqarishda qatnashishdir. Vestibulyar analizatorning ta'sirlanish simptomlari. Vestibulyar apparatning adekvat qo'zg'atuvchilar (masalan kosmosda ishlash paytida) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.74 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.74 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga