Vetakusherlik fani haqida

Vetakusherlik fani haqida

O'quvchilarga / Tibbiyot
Vetakusherlik fani haqida - rasmi

Material tavsifi

Vetakusherlik fani haqida Reja: Vetakusherlik fanining ta'rifi, maqsadi, vazifalari. Ko'payish biotexnikasi. Veterinariya ginekologiyasi. Fanning rivojlanish tarixi, yutuqlari va veterinariya amaliyotidagi o'rni. Boshqa fanlar bilan aloqasi. Veterinariya akusherligi (fransuzcha accoucher - tug'ish) fani - veterinariya sohasidagi asosiy fanlardan hisoblanib, qishloq xo'jalik hayvonlari jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasini, sperma olishni, baholash va saqlashni, spermani tarkibini, sun'iy urug'lantirish usullari, mo'rtakni kuchirish, otalashish va bo'g'ozlik fiziologiyasi, hayvonlarni tug'ishiga yordam ko'rsatish, akusher-ginekologik kasalliklar, sut bezlari va yangi tug'ilgan hayvonlar kasalliklarining sabablari, rivojlanishi, simptomatikasi, diagnostikasi, davolash va oldini olish usullarini o'rgatadi. Veterinariya akusherligi fani uch qismga bo'linadi: 1. Veterinariya akusherligi - qishloq xo'jalik hayvonlari jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi, jinsiy sikl, otalanish, bo'g'ozlik, tug'ish va tug'ishdan keyingi davr fiziologiyasi va patologiyasini hamda yangi tug'ilgan hayvonlar va sut bezlarining kasalliklarini o'rgatadi. 2. Veterinariya ginekologiyasi (gene - grekcha urg'ochi, logos - ta'limot) fani - urg'ochi hayvonlar jinsiy a'zolarining kasalliklari va turli bepushtlik va qisirliklarning sabablari, aniqlash, davolash va oldini olish usullarini o'rgatadi. Masalan, bepushtliklar, vaginit, tservitsit, metritlar. Veterinariya andrologiyasi (andros - grekcha erkak, logos - ta'limot) - ekak hayvonlar jinsiy a'zolari kasalliklarini (impotensiya) o'rgatadigan fandir. 3. Ko'payish biotexnikasi - hayvonlar ko'payish xususiyatlarini sun'iy boshqarish usullarini o'rgatadigan fan bo'lib, sun'iy urug'lantirish, embrionni transplantatsiyasi hamda kuyikish, ko'p bolalik, tug'ishni stimullash va sinxronizatsiyasi kabilarni o'z ichiga oladi. Yuqorida ko'rsatilgan biotexnik usullar hayvonlarni urchitish biologiyasi fanining yutuqlariga asoslangan bo'lib, ko'pchilik fanlar (genetika, gen injeneriyasi, fiziologiya va morfologiya) bilan birgalikda rivojlanadi. Shuning uchun fanni o'zlashtirishda boshqa fundamental fanlardan chuqur bilimga ega bo'lish talab etiladi. sun'iy urug'lantirish - murakkab biotexnologik usul bo'lib, erkak nasillik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.91 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.91 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga