Veterinar oftalmologiya fanining maqsadi va vazifalari

Veterinar oftalmologiya fanining maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Veterinar oftalmologiya fanining maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Tayanch iboralar: oftalmologiya. Iqtisodiy zarar. Ko'z anatomiyasi. Ko'z soqqasi. Oqish parda. Ko'zning shox pardasi. Tomirli trakt. Rangli parda. Siliar yoki kipriksimon tana. Ko'rish nervi. Nurni sindiruvchi muhitlar. Ko'z gavhari. Ko'z fiziologiyasi. Refraksiya. Emmetropiya. Miopiya. Gipermetropiya. Ko'rish qobiliyati. Blefarospazm. Qovoqlarning qayrilib qolishi. Ko'z yoshi yo'llarining o'tkazuvchanligi. Oftalmoskopiya. Deskvamatsiya. 1. Oftalmologiya so'zi ikki yunon so'zlaridan tashkil topgan: ko'z va tekshirish. Oftalmologiya bu ko'rish a'zosining anatomo-fiziologik xususiyatlari, tekshirish usullari, kasalliklar sabablari, patogenez, klinik belgilar, diagnostika, davolash va oldini olish choralarini o'rganadigan fan. Veterinar oftalmologiyaning vazifalari: ko'z kasalliklarini ilm asosida davolanishini tashkillashtirish, ularni oldini olish va shu bilan birgalikda moddiy zararni kamaytirish hamda veterinariya ishlarining samaradorligini oshirish. Hayvonlarning ko'rish a'zolari kasalliklari, ularning ko'rish qobiliyatini susaytiradi va natijada tashqi muhit ta'sirotlariga moslashishiga va hayot uchun kurashishga keskin halaqit beradi. Hozirgi paytda chorvachilik xo'jaliklarida ko'z kasalliklari ko'p uchrab turadi. Ular qoramol, ot, qo'y, cho'chqa, quyon, it, mushuk, tuya va boshqa hayvonlarda kuzatiladi. Ayrim xo'jaliklarda ko'z kasalliklari 40-80 % ni tashkil qiladi. Bunda asosan yosh hayvonlar zararlanadi. Kasallangan hayvonlarning 25-30 % keyinchalik ko'rish qobiliyatini to'liq, 30 % hayvonlar esa uni yarmigacha yo'qotadi. 2. Ko'rish a'zolari markaziy asab tizimining muhim bir retseptorlari ekanligi va butun organizmning holatiga to'g'ridan - to'g'ri bog'liq bo'lgani uchun ularning kasalliklari hayvon mahsuldorligi va ish bajarish qobiliyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Ayrim paytlarda esa ko'z kasalliklari hayvon o'limiga ham olib kelishi mumkin. Masalan: yiringli panoftalmitda sepsisning rivojlanishi, yoppasiga ta'sir etadigan ko'z kasalliklari (telyazioz, infeksion va boshq.). Ko'z kasalliklari katta iqtisodiy zarar keltiradi. Qoramollarda yoppasiga uchraydigan kon'yunktivokeratitlar bir yoki ikkala ko'zning to'liq ko'r bo'lishiga olib keladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.31 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.31 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga