Veterinariya araxno - entomologiyasi

Veterinariya araxno - entomologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Veterinariya araxno - entomologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Veterinariya araxno-entomologiyasi Reja: Iksodid (yaylov) kanalari va ularga qarshi kurash choralari. Argazit kanalar va ularga qarshi kurash choralari. Sarkoptoz, psoroptoz kasalliklari va ularni davolash usullari. Bo'ka lichinkalari qo'zg'atadigan kasalliklar. Ot gastrofilyozi va qo'y estrozi kasalliklari. Kasallik tarqatuvchi va qo'zg'atuvchi hashoratlar. Tayanch iboralar: Kasallik ta'rifi, etiologiyasi, iqtisodiy zarar, biologiyasi, klinik belgilari, diagnoz, davolash, oldini olish, chivin, so'na, pashsha, ot va qo'y qon suruvchi chivinlari, burgalar va h.k. Veterinariya araxnologiyasi hayvonlarining terisida, ichki organ va to'qimalarida parazitlik qilib yashaydigan bug'imoyoqlilar hamda ular qo'zg'aydigan aroxnoz kasalliklarni va ularga qarshi kurash tadbirlarini o'rganadigan fandir. Ushbu parazitlar birinchidan har xil qo'tir kasalliklarining qo'zg'atuvchilari bo'lsa, ikkinchidan ular hayvon va odamlarda uchraydigan har xil infeksion kasalliklarning tarqalishida katta ahamiyatga ega. Jumladan, yaylov kanalari piroplazmidoz, so'nalar esa tripanosomoz, kuydirgi, pashshalar esa bezgak qo'zg'atuvchilarini tarqatadi. Bug'imoyoqlilar tipidan (artropoda) hayvonlarda parazitlik qiladigan o'rgimchaksimonlar araxnoide sinfi vakillarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. O'rgimchaksimonlarni araxnologiya fani o'rganadi. Parazitoformes turkumi - oldingi turkumga qaraganda birmuncha kamroq tur va avlodlarni o'z ichiga oladi. Bu turkumdan Gamozoidea (gamazoid) kanalari bilan Iksodoidea (iksodid) kanalarini o'rganishning ahamiyati katta. Chorvachilikka asosan iksodid (yaylov) kanalari zarar keltiradi va bu oilaning - Iksodes, Boifilus, Gimafizalis, Dermatsentr, Ripitsefalus va Gialomma kabi avlodlari bor. Iksodid (yaylov) kanalari - Yaylov kanalarining tanasi xaltachasimon bo'lib, bug'imlariga bo'linmaydi. Och kanalar yassi va uzunchoq oval shaklda bo'lib, qon so'rib to'ygan kanalarning tanasi tuxum shaklida bo'ladi. Ular tashqaridan yupqa xitinli parda bilan qoplangan. Och kanalar och-sarik, sariqroq-qo'ng'ir, qoramtir, hatto qora bo'ladi. Voyaga etgan kanalar bilan nimfalarning oyoqlari to'rt juft, lichinkalarniki esa uch juft bo'lib oltita harakatchan bug'imdan tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.09 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.09 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga