Xavfli va zaif davrlar nazariyasi. Odam salomatligiga xavfli davrlarning ta'siri Reja: 1.Xavfli va zaif davrlar. 2.Odam salomatligiga xavfli davrlarning ta'siri. 3. Xavfli davrlarning tibbiyot sohasida sport amaliyotida va pedagogikada hisobga olish zaruriyati. KIRISh Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog'lom bo'lish mumkinligi haqidagi fandir. Tibbiyot o'z oldiga turli kasalliklar tabiati, ularning kelib chiqish sabablari, kasalliklarni oldini olish va davolash vazifalarini kuysa, valeologiya salomatlik tabiati, sog'lom bo'lishi sabablari, omillari va mexanizmi masalalarini echadi. Barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda salomatlik insonning eng muhim boyligi hisoblanadi. sog'lom inson istalgan jamiyatda katta kuchga ega yaratuvchilik vazifasini bajaradi, kuvonch, intellektual va jismoniy qobiliyatning manbasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan inson ehtiyoji bo'lishi salomatlikni mustahkamlash dolzarb muammo bo'lib kolmokda. Bundan jamiyatning xar bir azosida inson hayotida eng muhim bo'lgan salomatlikka bo'lgan munosabatni tarbiyalash masalasi paydo bo'ladi. Buning uchun sog'lom inson modelini, pedagogik nazorat tizimini va jismoniy kamolotga erishishning effektiv usul va uslublarini ishlab chiqish lozim. Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy holat va funksional tayyorgarlikning son ko'rsatkichlari yosh inson salomatlik darajasi haqida nisbatan ma'lumot beradi. Oliy ta'lim istiqbol taraqqiyotining asosiy muammolarini xal etish yoshlarni jismonan sog'lom fikrga ega bo'lishlik tizimini takomillashtirishni talab etadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlarida jismoniy tarbiya tizimini qayta ko'rish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi, chunki tadqiqotlarimiz natijalariga ko'ra o'qish davomida talabalarning salomatligi darajasi yildan-yilga pasayib bormokda. hozirgi vaqtga qadar oliy o'quv yurtini bitirayotgan yosh mutaxassislar kupincha tulik sog'lomlashgan emas, bu esa ularning kelgusidagi ishlab chiqarish va ijtimoiy foydali faoliyatini cheklab kuyadi, rivojlanayotgan davlatga iqtisodiy va intellektual zarar etkazadi. Shu munosabat bilan yoshlar valeologiyasi salomatlikni saqlash va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.77 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.77 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:53 ]
Arxiv ichida: doc