Ximioterapiyaning asosiy mezonlari. Antibiotiklar

Ximioterapiyaning asosiy mezonlari. Antibiotiklar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ximioterapiyaning asosiy mezonlari. Antibiotiklar - rasmi

Material tavsifi

Ximioterapiyaning asosiy mezonlari. Antibiotiklar Peja Ximioterapiyaning asosiy mezonlari. Antibiotiklar asosiy ta'sir mexanizmlari. Penitsillinlar guruhi antibiotiklari. Mikroblarga qarshi ta'sir doirasi. ta'sir mexanizmi. Tsefalosporinlar. Umumiy tavsifi. Qo'llanilishi. Nojo'ya ta'sirlari. Mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatish xossasiga ega bo'lgan dori vositalari ikki guruhga bo'linadi: I. TANLAB TA'SIR KO'RSATMAYDIGAN PRYePARATLAR - ular ko'pgina mikroorganizmlarga haloqatli ta'sir ko'rsatadi. Ularga antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi moddalar kiradi. Antiseptiklar - sirtga, teri va shilliq qavatlar to'qimalariga surtiladi. Alohida antiseptiklarni me'da-ichak trakti va peshob yo'llarida joylashgan mikroorganizmlarga ta'sir ko'rsatish uchun qo'llaniladi. Kontsentratsiyasiga ko'ra ular bakteriotsid yoki bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Teri, shilliq qavatlar, jarohat yuzasida, yiringli yaralar bo'shliqlari tozalash maqsadida, frunkul va boshqa infeksion jarohatlarda qo'llaniladi. Dezinfeksiyalovchi vositalari - tibbiy anjomlar, uskunalar, xonalar, idish-tovoqlar, bemorning ajratmalarini zararsizlantirish uchun xizmat qiladi. Ularning ta'siri tez rivojlanadi. Ular odatda bakteriotsid kontsentratsiyalarda infeksiyaning tarqalishini oldini olish uchun qo'llaniladi. II. TANLAB TA'SIR ETUVChI VOSITALARGA - ximioterapevtik vositalar deb yuritiladi. Bu guruh preparatlariga malum tur mikroorganizmlargagina ta'sir etish xosdir. Asosiy terapevtik ta'sir kengligini katta ekanligidir. Terapevtik ta'sir kengligi bu bakteriostatik (bakteriotsid) kontsentratsiyasi bilan makroorganizm uchun zaharli bo'lgan kontsentratsiyalar orasidagi farq. XIMIOTYeRAPIYa VOSITALAR - malum infeksion va parazitar hastalik qo'zg'atuvchilariga nisbatan tanlab ta'sir etuvchi moddalarga aytiladi. Bundan tashqari ularga viruslar, zamburug''lar, sodda jonivorlar va gijjalarga qarshi preparatlar ham kiradi. Bu kuchli va turg'un antimikrob ta'sir qilish va noxush ta'sirotlar rivojlanishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Antibakterial ximioterapevtik vositalarga quyidagi ikkita sifat xosdir: 1) malum turdagi hastalik qo'zg'atuvchilarga tanlab ta'sir ko'rsatish, yani muayyan antimikrob ta'sir spektriga egadir; 2) inson va jonivorlarga kam zaharli. Aleksandr Fleming - Britaniyalik mikrobiolog. 1928 yil 1-chi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.34 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:53 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.34 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga