Xususiy epizootiya Reja: Infeksion kasalliklarga tashxis qo'yish usullari Epizootologik o'choqda o'tkaziladigan tadbirlar Karantin, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari Tayanch iboralar: Epizootologik ma'lumotlar, klinik, bakteriologik, serologik tekshirish usullari, karantin, dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya, epiootik o'choq turlari va o'tkaziladigan tadbirlar. Kasallikni aniqlash uchun ko'p qatorli tekshirish usullari amalga oshiriladi. Yani kasal hayvonni tiriklik vaqtida va murdalarda o'tkaziladi. Hayvonlarni tiriklik vaqtida - xo'jalikni epizootologik holati, kasal hayvonlarni kliniko - fiziologik ko'rsatkichlari (puls, nafas olish, harorati) hamda laboratoriya tekshirish usullari kasal hayvonlardan olingan namunalar (patologik material) tekshiriladi. Epizootologik tekshirish - natijalari xo'jalikga to'g'ri tavsif berilib, xo'jalikda uchrab turadigan yuqumli kasalliklar, veterinariya hisobotlari, yillar davomida xo'jalikni veterinariya holati, xo'jalikning sanitariya, gigiyena holati, xo'jalikda mollarni saqlash, parvarish qilish, asrash, sug'orish, oziqlantirish usullari, oziqa sifati, oziqlantirish texnologiyasi, sug'orish rejimi aniqlanadi. Kasal bo'lgan va kasallikga moyil hayvonlar aniqlanadi. Kasallik manbai, mikroblarni tarqatuvchi holatlar, xo'jalikga infeksiyani kelish yo'llari aniqlanadi. Klinik tekshirishda - kasal hayvonning harorati, yurak urishi, nafas olishi hamda sog'lom hayvonlarda uchramaydigan belgilari aniqlanadi. Bundan tashqari qon ko'rsatkichlari va allergik tekshirish usullari qo'llaniladi (tuberkulinizatsiya, malleinizatsiya). Laboratoriyada xo'jalikdan keltirilgan material bakteriologik, serologik hamda biologik usulda tekshiriladi. Bakteriologik tekshirish - yuqumli kasallik chaqiruvchi mikroblarni aniqlash uchun laboratoriyaga - patologik material sifatida hayvonlar qoni, ajratgan har xil suyuqliklari, o'lgan hayvonning tanasi yoki ayrim a'zolari yuboriladi. Laboratoriyaga yuboriladigan patologik material yangi bo'lishi kerak. Patmaterial solingan idishlar sterillangan bo'lishi kerak. Yuboriladigan patmaterial yaxshilab o'ralib tashqi muhitga tarqalib, uni ifloslantirishini oldini olish tadbirlari ko'rilib toza holda laboratoriyaga etkazilishi lozim. Bakteriologik usulda yuborilgan materialdan surtmalar tayyorlanib mikroskop ostida ko'riladi va oziqa muhitlariga eqiladi. Ayrim hollarda laboratoriya hayvonlariga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.04 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.04 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:54 ]
Arxiv ichida: docx