Yallig'lanish yuqori rivojlangan organlarda evolyutsion taraqqiyot natijasida shikastlanishga qarshi yuzaga kelganbiriktiruvchi to'qima, tomir va nerv tizimlarining murakkab mahalliy-himoya moslashuv reaksiyasi,shikastlovchi omilni organizmdan chiqarishga, hamda uning asoratlarini chegaralashga qaratilgan. Yallig'lanishning biologik mohiyati Shikastlanishni to'xtatish, chegaralash, shikastlangan o'choqni nekrotik mahsulotlardan tozalash va tiklanish jarayonlari uchun asos yaratishdan iborat Yallig'lanish etiologiyasi Yallig'lanish sabab bo'luvchi omillar bo'ladi: biologik fizik, ximik ekzogen va endogen omillardir. Bakterial Ekzogen faktorlarga: bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, parazit chuvalchanglar, yot oqsillar, endotoksinlar, hasharotlar va ilonlar zahari Kimyoviy ekzogen faktorlar: kislota, ishqor, og'ir metal tuzlari Fizik faktorlar: a) mehanik: travmalar, kesilish, bosim, b) termik: issiqlik, sovuq harorat c) elektrik tabiiy tok urishi, maishiy va sanoat toki d) nurlantiruvchi omillar: rentgen nurlari, ultrabinafsha nurlar Yallig'lanish belgilari Qizarish - yallig'lanishning asosiy yorqin klinik belgilaridan biri, arteriolalar kengayishi bilan ifodalanadi, yallig'lanish o'chog'ida arterial qon aylanishi kuchayadi. Shishlar - to'qimalarga infiltratlar holida qonning to'planishi kuchayadi, natijada to'qima elementlarining yiringlashi va shishishi, bo'rtib chiqishi. Issiqlik- yallig'langan qismda temperaturaning ortishi, yallig'lanish o'chog'ida metabolizmning kuchayishi, issiqlik ajralishi va issiq arterial qonning quyilib kelishi kuchayadi. Og'riq - retseptorlarning biologik aktiv moddalar(gistamin, serotonin, bradikinin, bir qator prostoglandinlar va boshqalar) bilan qo'zg'atilishi natijasida paydo bo'ladi, ichki muhit suyuqligining nordon bo'lishi kuzatiladi, retseptorlar, nerv tolalari yallig'lanish shishlari natijasida qisilib qolib og'riq paydo bo'ladi. Yallig'lanishning umumiy belgilari Varaja Qon hosil bo'lishining faollanishi Qondagi leykotsitoz EChT ning oshishi Moddalar almashinuvining tezlashishi Organizm intoksikatsiyasi Qondagi gormonlar miqdorining o'zgarishi: qondagi katexolaminlar va kortikosteroidlar konsentratsiyasi ortadi. Yallig'lanish jarayonlari (fazalari, turlari): Alteratsiya- yallig'lanishning boshlang'ich fazasi. Alteratsiya stadiyasi: birlamchi, ikkilamchi alteratsiya Ekssudatsiya- tarkibida 1-3-8 % oqsil saqlagan qonning suyuq qismini ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
246.3 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:54
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
246.3 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:54 ]
Arxiv ichida: ppt