Yallig'lanishga qarshi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi 1. NOSTEROID TUZILISHDAGI YALLIRLANISHGA QARSHI DORI VOSITALARI Nosteroid tuzilishdagi yallirlanishga qarshi dorilarning umumiy ta'siri yallirlanishga qarshi, og'riqni qoldirish, tana haroratini pasaytirish va organizm ying sensibilizatsiya qobiliyatini susaytirish asosIDa araxidon kislotasidan prostaglandinlar hosil bo'lishida ishtirok etuvchi siklooksigenaza va prostaglandinsintetaza fermentlari majumasi faoliyatini susaytirish qobiliyati yotadi. Ma'lumki, fosfolipaza A hujayra qobig'idagi fosfolipidlar-araxidon kislotadan siklooksigenaza siklida undan prostaglandinlar (PG), lipoksigenaza siklida esa leykotriyenlar (LT) hamda sekin reaksiya beruvchi anafilaksiya moddalari hosil bo'lishiga olib keladi. Bu jarayonlar mobaynida kuchli oksidlovchi ta'sirga zga bo'lgan erknn kislorod radikallarining hosil bo'lishi yallig'lanishning kuchayishiga sabab bo'ladi. Shuni esda tutish kerakki, turli kimyoviy guruhlarga mansub nosteroid tuzilishga ega bo'lgan dorilar har xil PG lar hosil bo'lishini turli darajada susaytiradi hamda ularning bu ta'siri barcha a'zolarda kuzatiladi. Bu dorilarning va alohida guruhga kiruvchi dorilarning' umumiy ta'sir kuchi birbiridan farq qilganligi sababli ularni bemorlarga tavsiya etishda ham farq bo'ladi. Nosteroid tuzilishga ega bo'lgan yallig'lanishga qarshi dorilar yallig'lanishni susaytiradi, bu dorilar mayda qon tomirlarini kengaytiradi, lizosoma membranalar o'tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig'lanish o'chog'ining energiya bilan ta'minlanishi buzilishi (ATF hosil bo'lishi kamayishi) natijasida yallig'lanish mediatorlari (gistamin, serotonin, kininlar, immun xususiyatli moddalar, ayniqsa prostaglandinlar hosil bo'lishi buzilishi, to'qimalar tuzilishini buzadigan reagentlar), kislorod radikali va boshqalar yallig'lanishda ishtirok etuvchi moddalar tuzilishining o'zgarishi bilan ularning sitostatik ta'siri tabiiy omillar xususiyatini oshiradi. Shu sababli bu dorilar kelib chiqish sababidan qat'i nazar har qanday yallirlanishni kamaytiradi. Masalan, steroid gormonlar, salitsilat kislota hosilalari, indometatsin qon tomirlar o'tkazuvchanligini, yallig'lanish o'chog'ining energiya bilan ta'minlanishini susaytiradi, ba'zi dorilar (masalan, kolxitsin, oltin preparatlari) esa faqat ma'lum turdagi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.91 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.91 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:54 ]
Arxiv ichida: doc