Yangi tug'ilgan hayvonlar kasalliklari

Yangi tug'ilgan hayvonlar kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yangi tug'ilgan hayvonlar kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Yangi tug'ilgan hayvonlar kasalliklari Reja: Asfiksiya, alimentar gipotrofiya. Birinchi axlatni ushlanib qolishi. Orqa chiqaruv teshigi va to'g'ri ichakning bo'lmasligi. Kindikning kasalliklari. Yangi tug'ilgan hayvonlarni oziqlantirish va parvarishlash. Yangi tug'ilgan hayvonlarning asfiksiyasi. asfiksiya (Asphyxia neonatorum) deyilganda yangi tug'ilgan bola ona hayvon qornidan chiqayotganda nafasning bo'g'ilib yoki to'xtab qolishi tushuniladi. Kasallik paydo bo'lish sabablari homila nafasining vaqtidan ilgari to'xtab qolishi va asfiksiyasi, ona hayvon bilan homila o'rtasida gaz almashinuvi buzilib, keyin homila atrofi suyuqligining nafas yo'llariga tushishi natijasida kelib chiqadi. Bo'g'oz hayvon uzoq yurib holdan toyganda ona hayvon va homila yo'ldoshlari ancha joygacha ajralib qolganida yoki ona hayvon isitmali og'ir kasalliklar, yani, o'pka kasalliklari bilan og'rigan paytlarida gaz almashinuvi buzilishi mumkin. Asfiksiyaga eng ko'p sabab tug'ish vaqtida nafasning qiyinlashib qolishidir. Biya va sigirda bola tosi bilan oldinga qarab joylashgan bo'lsa homilaning asfiksiyasi ko'pincha tos pastki devorining oldingi chetiga bosilishi va yo'ldoshda qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo'ladi. Mayda hayvonlarda ham tug'ish yo'llarida xuddi shunday hodisa kuzatiladi. Ko'pincha birinchi marta tug'ayotgan ona cho'chqaning bolasi o'lik tug'iladi. Uzoq davom etadigan va tez-tez qaytarilib turadigan to'lg'oqlar, platsentaning bosilib qolishi, unda gazlar almashinuvining buzilishi va homilaning asfiksiyasiga sabab bo'ladi. Birmuncha yengil hollarda cho'chqa bolalari xirillab, notekis nafas olib turadi, kalta-kalta yo'taladi va og'iz bo'shlig'ida shilimshiq yig'ilib qoladi. Shishib, ko'kimtir bo'lib qolgan tili og'zidan sal chiqib turadi. Yurak sust va tez-tez uradi, shilliq pardalar oqargan, orqa chiqaruv teshigi ko'pincha birinchi tezak (mekoniy) bilan ifloslangan bo'ladi. Bazan kindigidan qon kelib turadi. Og'ir hollarda yangi tug'ilgan hayvon bolasida yurakning sezilarsiz darajada urishini aytmasa, hech qanday tiriklik belgilari sezilmaydi. Ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.83 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.83 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga