Yangi yig'ilgan o'simliklardan olinadigan preparatlar. Sharbatlar, biogen stimulyatorlar. tasnifi. olish usullari Reja. 1. Yangi yig'ilgan o'simliklardan olinadigan preparatlar. 2. Sharbatlar. 3. NastokalarBiogen stimulyatorlar, ularning tavsifi. 4. Biogen stimulyatorlar tasnifi. 5. O'mliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar. 6. Balchiqlardan olinadigan biogen stimulyatorlar. 7. Hayvonlardan olinadigan biogen stimulyatorlar. YaNGI YIG'ILGAN O'SIMLIKLARDAN OLINADIGAN PRYePARATLAR Malum sabablarga ko'ra quritilgan xom ashyo tarkibidagi biofaol moddalar yangi yig'ilgan o'simliklardagiga hech qachon teng qimmatli bo'la olmaydi. Shuning uchun yangi yig'ilgan o'simlik xom ashyolaridan preparat tayyorlashda biofaol moddalarning yig'indisini saqlab qolishini ta'minlash va ularning tabiiy holda bo'lishiga erishish ko'zda tutiladi. Xom ashyoni yig'ish, quritish va saqlash har qanday mo'tadil sharoitda olib borilishiga qaramasdan, ularning tarkibidagi bir qism biofaol moddalar parchalanib, yo'qoladi. Professor G.A.Vaysman fikricha, marvaridgul o'simligi xom ashyosi 1 yil saqlanganda, uning faolligi 77% gacha, bangidevonaniki 39% gacha, valeriananiki 50% gacha kamayar ekan. Quritilmagan xom ashyoning ta'siri quritilgannikiga nisbatan ancha ortiq bo'ladi. Shuning uchun ilmiy tibbiyotda qadim zamonlardan beri yangi yig'ilgan o'simliklardan olingan har xil sharbatlar va ajratmalar ishlatib kelinadi. Professor A.P.Nelyubin qulupnay, zirk (barbaris), malina, qora qarag'ay, limon va bexi mevalaridan olingan sharbatlarning tibbiyotda ishlatilshini ko'rsatgan. Sharbatlar ustiga bodom moyi qo'shish bilan ular-ning turg'unligi oshirilgan. O'sha vaqtlarda alkogolatura nomi bilan yuritiladigan nastoykalar ishlatilar edi. Ular ikki usulda olingan: a) sharbatga yuqori quvvatli spirt qo'shib, ikki kunga salqin joyda tindirilgan, so'ng so'zilgan; b) xom ashyodan bo'tqasimon massa hosil qilinib, yuqori quvvatli spirtda bir necha kunga qoldirilgan va xom ashyo siqib ajratib tashlangan. Lekin XIX asr boshlariga kelib spirt-suvli ajratmalarni olish jarayonlari takomillashib, sun'iy preparatlarni ko'payishi bilan yangi yig'ilgan o'simliklardan olinadigan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.53 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.53 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:55 ]
Arxiv ichida: doc