Yatrogeniya, evtanaziya haqida Kasallikning ichki holatini o'rganish ikki shaxsning psixologik muloqoti hosilasidir. Ulardan biri tibbiyot xodimi - shifokor, hamshira, ikkinchisi esa bemor. Bu o'rinda shifokor, hamshiraning shaxsi bemor ruhiyatiga ta'siri shu qadar kattaki, u hatto (ba'zi bir holatlarda) kasallikning kechishiga ta'sir qilishi ham mumkin. Shifokorlar tomonidan o'tkaziladigan ruhiy muolaja bemorga katta foyda beradi, bunda uning ishonchli so'zi juda katta ahamiyatga ega. Bu so'z shifokorning asosiy qurolidir. Demak, shifokor va hamshiraning so'zi bemorga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir etishi mumkin. Shifokor yoki hamshiraning bir og'iz so'zi bemor tuzalishiga yoki uning dardini og'irlashtirib yuborishi, boshqa ikkilamchi kasalliklarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Yatrogen kasalliklari shifokor. hamshira va sanitarlar xatti-harakatlari va gap-so'zlarning yoki bemorga qilingan boshqa salbiy ta'sirdan kelib chiqadigan hastalikdir. Shuning uchun hamshiralar tibbiy psixologiyaning ahamiyatini boshqa xodimlarga qaraganda puxta va mukammal egallab olishlari va uni amaliyotda qo'llashlari lozim bo'ladi. Bemor yoki sog'lom odamlarning barisi ham tib xodimining noto'g'ri harakati natijasida bir xil ruhiy iztirobga yoki yatrogen kasalligiga duchor bo'lavermaydi. Yatrogeniya nevropat va psixopatlarda juda oson yuzaga keladi. Albatta, bunda ularning gavda tuzilishi va nasliy holatlari hisobga olinadi. Yatrogen kasalliklarga astenik va psixasteniklar moyil bo'lib, ular kelajakdan qo'rqadilar, uni qora tusda ko'radilar va o'zlarini ruhiy, jismoniy holatlaridan doimo hadiksiraydilar. Tib amaliyotida yatrogen kasalliklarga sabab bo 'ladigan 4 asosiy omilni nazarda tutish kerak: Bemorning anamnezini y'ig'ish. Bemorning ichki holatini o'rganish. Laborator tahliliga baho berish. Tashxis va kasallik oqibatini aniqlash. O'zaro muloqot chog'ida bemorning oldin boshidan kechirgan kasalliklariga ham katta ahamiyat berish zarur, shuningdek, kasallik etiologiyasini va patogenezini o'rganishda bemorni ta'sirlab qo'yishdan ehtiyot bo'lish kerak. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.97 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.97 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:55 ]
Arxiv ichida: doc