Ibn Sinoning tibbiy merosi Buyuk olim, Abu Ali ibn Sino, turli xalq olimlari (Gippokrat, Galen, Platon, Aristotel, Ptolemey, Dioskorid va boshqa bir qator olimlar) tomonidan 10 asr davomida tibbiyot sohasida yaratgan asarlarini chuqur o'rganib, ularni muhimlarini va ikkinchi darajadagilarini ajratib muayyan tartibga solish va o'z tajribalari bilan boyitilgan holda, malum bir nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirgan allomadir. Nihoyatda murakkab va mas'uliyatli vazifani Ibn Sino katta mahorat bilan amalga oshirdiki, uning Tib qonunlari asari jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqei yorqin guvohlik berib turadi. Abu Ali ibn Sino buyuk ensiklopedist olim bo'lib, uning tibbiyot xazinasiga qo'shgan ulkan hissasi bebahodir. Buyuk allomaning anatomiya, fiziologiya, terapiya, kardiologiya, pulmonologiya, gastroenterologiya, gepatologiya, nevrologiya, psixiatriya kabi tibbiyotning turli yo'nalishlari qatorida yiringli jarrohlikda ham qilgan nazariy va amaliy xulosalari, maslahatlari zamonaviy tibbiyotning poydevorini tashkil qiladi. Ayniqsa olimning yiringli jarrohlik borasidagi qarashlari barcha tadqiqotchilarni o'z diqqatiga tortadi, yani Ibn Sino kasalliklar guruhiga mansub shishlarni issiq va sovuq shishlarga tasniflaydi.Allomaning fikricha, ushbu issiq shishlarning vujudga kelishi yiringli jarayonlarning yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Issiq shishlar qon yoki safro xiltining g'ayritabiiy holatidan hosil bo'lib, qondan bo'lgan, yani yaxshi qondan yoki yomon qondan paydo bo'ladi. Aynan, yaxshi qon esa goh quyuq, goh suyuq bo'ladi. Tibbiyotda bu holatning ahamiyati juda katta deb alloma takidlaydi. Et va terining har ikkisidan chiqadigani, flegmona(otashak) bo'lib, u quyuq yaxshi qondan paydo bo'ladi va unda mahalliy sohada lo'qillash kuzatiladi. Faqatgina, teridan chiqadigan flegmona esa suyuq qondan paydo bo'lib, unga «Sharo» deyiladi, ushbu mahalliy sohada lo'qillash kuzatilmaydi(bu belgi allergik jarayonga tegishli bo'lib, «eshakemi» nazarda tutilgan). Quyuq, yomon qondan turli ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:55 ]
Arxiv ichida: ppt