Yiringli-rezorbtiv isitma. Sepsis

Yiringli-rezorbtiv isitma. Sepsis

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yiringli-rezorbtiv isitma. Sepsis - rasmi

Material tavsifi

Tayanch iboralar: sepsis oldi holat. Yiringli - nekrotik jarayon. Toksinlar rezorbsiyasi. Yiringli - rezorbtiv isitma. Ixorozli suyuqlik. Sepsis, septitsemiya, piyemiya. Metastaz. O'lim xochi. Antiseptik davolash kompleksi. Parabioz. 1. Yiringli - rezorbtiv isitma sepsis oldi holat hisoblanadi. U kuchli yiringli - nekrotik jarayonlarning qo'shimcha ifodasi sifatida namoyon bo'ladi, masalan: gangrena, yara, jarohatlar va boshq. Asosiy belgilari: tez rivojlanadigan flegmonozli jarayonlar, chuqur jarohatlar, to'qimali cho'ntaklar va o'yiqlar, ko'p miqdorda o'lgan to'qimalar, granulyatsion to'qimaning sust o'sishi yoki umuman yo'qligi, ixor yoki ko'p miqdorda yiring to'planishi. Toksik moddalar va kuchli qo'zg'alishlar bosh miya po'stloq osti va po'stlog'ida kuchli qo'zg'alishni va natijada ularning parabioz holatini chaqiradi. Buning oqibatida albatta organizmning gumoral boshqarilishi ham keskin buziladi. Barcha yuqorida keltirilgan hodisalar mikroorganizmlarning qonga va limfaga o'tishiga moyillik yaratadi. Yiringli - rezorbtiv isitmada organizmning umumiy holati keskin buziladi, hayvonning ishtahasi yo'qoladi, otlar terlaydi, badani titraydi. Umumiy harorat yuqori, puls odatda ravon ammo tez bo'ladi. Otlarda qon bosimi sa'l ko'tariladi. Eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori kamayadi. Leykoformula ancha siljigan bo'ladi. Yiringli - nekrotik o'choqlarni tozalash, o'yiq va cho'ntaklarni xirurgik yo'l bilan yo'qotish yoki ularni drenajlash kasallik kechishini yaxshilaydi va umuman to'xtatadi. Sepsis oldi holat 2-3 kundan 10 kungacha va ko'proq cho'zilishi mumkin. Surunkali kechishida, jarayon jarohatli darmonsizlanishga o'tadi, asta - sekinlik bilan mushaklar atrofiyaga uchraydi, ichak - oshqozon yo'llarida va jigarda distrofik jarayonlar kechadi (sepsis kuzatilmaydi). 2. Sepsis - qiyin qaytariladigan infeksion - toksik jarayon bo'lib, birlamchi o'choqdan qo'zg'atuvchining rivojlanib tarqalishi va intoksikatsiya natijasida chuqur nerv - distrofik o'zgarishlar hosil bo'lishi hamda organizmning barcha faoliyatlari buzilishi bilan kechadi. Sepsis ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.71 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.71 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga