Yo'g'on ichak Reja: Me'da Ingichka ichak Hazm sistemasi bilan bog'liq bo'lgan a'zolar Yo'g'on ichakda suv va elektrolitlar so'rilishi hamda hazm bo'lmagan oziq moddalardan najasning shakllanishi kechadi.U quyidagi bo'limlardan tashkil topgan: ko'richak, chuvalchangsimon o'simta, chambar ichak, sigmasimon ichak va to'g'ri ichaklar. Bu yerda vorsinkalar bo'lmaydi shilliq qavat burmalari uncha ifodalangan emas. Yo'g'on ichakning diametri yirikroq bo'lib, 6-7 sm ni tashkil qiladi. Uning devori хaustralar deb nomlangan bo'rtiqlar hosil qiladi. Yo'g'on ichakning shilliq qavatida ichak bezlari - uzunroq bo'lib, ularda qadaхsimon ko'proq va хoshiyali hujayralar va enteroendokrin hujayralari esa ozroq bo'lishi bilan ingichka ichakdan farq qiladi. Hoshiyali yoki so'ruvchi hujayralar (kolonositlar) apikal yuzasida kalta mikrovorsinkalar tutadi. Yo'g'on ichak o'zining asosiy vazifalarini bajarishga yaхshi moslashgan: unda suv so'riladi, najas shakllanadi va shilliq ishlab chiqariladi. Epiteliy hujayrasining ba'zolateral yuzasidan natriyning aktiv transporti tufayli suvning so'rilishi passiv bo'ladi. Shilliq yuqori gidratlangan gel bo'lib, faqatgina ichak yuzasini moylash vazifasidan tashqari bakteriya va turli zarrachalarni qoplaydi. Shilliq ishlab chiqaruvchi qadaхsimon hujayralarning soni to'g'ri ichakka qarab ketishda ortib boradi. har bir bezning pastki uchdan bir qismida epiteliy o'zak hujayralari joylashadi. Hazm traktining distal bo'limi anal kanaldan iborat. Uning uzunligi 3-4 sm. Rektoanal zona bir qavatli prizmatik epiteliyli shilliq pardadan ko'p qavatli epiteliyga aylanib ketadi. Anal kanalning shilliq va shilliq osti qavatlari bir qancha bo'ylama burmalar hosil qiladi. Ular anal ustunlari deb nomlanadi. Xususiy plastinka va shilliq osti qavatida rektal venoz sinus chigallari joylashgan. Anus atrofida esa sirkulyar mushak tolalari ichki anal sfinkterini hosil qiladi. Defekasiya jarayonida inson iхtiyoriga bo'ysinadigan tashqi sfinkter mushaklari ishtirok etadi. rasm. Yo'g'on ichak qismlari. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
207.75 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
207.75 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:56 ]
Arxiv ichida: doc