Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani ahamiyati, vazifalari, tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari

Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani ahamiyati, vazifalari, tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani ahamiyati, vazifalari, tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining ahamiyati,vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari Rеja: 1. Fanining ahamiyati, vazifalar. 2. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy,biologik va pedagogik fanlarning tarmog'i. 3. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi. 4. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari. 5. O'sish, rivojlanish va unga ta'sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillar. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining ahamiyati, vazifalari. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi - bolalar va o'smirlar organizmining tuzilishi, funksiyalari va tashqi muhit bilan aloqasini o'rganadi. Shuningdek, yosh organizmning normal o'sishi, rivojlanishi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo'lgan sharoitlarni, gigiyenik me'yorlarni (qoidalarni, talablarni) ishlab chiqadi va hayotga tadbiq qiladi. Yoshlarning yashash, o'qish, tarbiyalanish sharoitlarining gigiyena qoida va talablari asosida tashkil etilganligi, ularning sog'lom, aqliy va jismoniy jihatdan barkamol bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Aksincha, atrof-muhit sharoitining gigiyena talablariga mos bo'lmasligi bolalar va o'smirlar sog'lig'iga, jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, kun tartibining noto'g'ri tuzilishi tufayli o'quvchi aqliy mehnatni me'yoridan ortiq bajarishi, dam olish va uyquning yetarli bo'lmasligi asab tizimining toliqishiga sabab bo'ladi. Bu esa o'quvchining aqliy ish bajarish, o'zlashtirish, esda saqlash qobiliyatining pasayishiga, tez charchashga, jahldor bo'lib qolishiga sabab bo'ladi. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy, biologik va pedagogik fanlarning tarmog'i. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi - bolalar va o'smirlar organizmining tuzilishi, funksiyalari va tashqi muhit bilan aloqasini, hayot faoliyati davomida zarur bo'lgan sharoitlarni, gigiyenik qoida vatalablarni o'rganadi. Demak, bu fan tibbiyot, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, ekologiya fanlari bilan, bundan tashqari pedagogika, psixologiya fanlari bilan ham uzviy aloqadadir Gigiyena tibbiy fanlar guruhiga kirib, yunoncha gigiyeya sog'liq hadya etaman, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.78 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.78 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga